• 10-rasm. “Вставить таблицу” muloqat oynasi
  • 11-rasm. “Вставка” lentasining “Таблица” nomli ochiluvchi oynasi
  • Slaydlarga shakllar, rasmlar va kichik suratlar qo‘yish
  • Slaydlarga jadvallar qo‘yish




    Download 4,78 Mb.
    bet41/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    Slaydlarga jadvallar qo‘yish


    Ba’zan, slaydlardagi ma’lumotlarni strukturalashtirish maqsadida slaydlarga jadvallar ham qo‘yiladi. PowerPoint dasturida saydga jadval qo‘yishning bir necha usullari mavjud:

    1. “Вставка” lentasining “Таблица” obyekti yordamida jadval qo‘yish uchun bu obyekt sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida bosiladi va “Вставить таблицу” buyrug‘i beriladi va muloqat oynasida jadval ustunlari soni va

    satrlari soni ko‘rsatiladi. Quyidagi rasmga qarang.


    10-rasm. “Вставить таблицу” muloqat oynasi


    1. “Вставка” lentasining “Таблица” nomli ochiluvchi oynasi yordamida jadvalqo‘yishda 3 xil usuldan foydalanish mumkin:

      1. Jadval kataklarini sichqoncha ko‘rsatkichi bilan belgilab ko‘rsatish orqali;

      2. “Вставить таблицу” buyrug‘ini berish orqali;

      3. “Нарисовать таблицу” buyrug‘i yordamida;

      4. “Таблица Excel” buyrug‘ini tanlash orqali. 5.8-rasmga qarang.

    11-rasm. “Вставка” lentasining “Таблица” nomli ochiluvchi oynasi




    Slaydlarga qoyilgan jadvallar bilan ishlash uchun “Конструктор” va “Макет” lentalari buyruqlaridan foydalaniladi. Bu lentalarda jadvallar ustida bajariladigan barcha amallar uchun buyruqlar jamlangan.


    Slaydlarga shakllar, rasmlar va kichik suratlar qo‘yish


    Prezentatsiya slaydlariga bir yoki bir necha shakllar, rasmlar va kichik suratlar qoyish, ularni bitta qilib birlashtirish orqali murakkab tasvirlar hosil qilish mumkin.
    Foydalanuvchi ixtiyorida quyidagi shakllar mavjud: chiziqlar, asosiy geometrik shakllar, yo‘nalishli chiziqlar (strelkalar), formulalar uchun shakllar, blok-sxema shakllari, yulduzlar va izoh yozish shakllari.
    Slaydga shakllar qo‘yish uchun:

    1. “Главная” lentasida joylashgan “Рисование” panelidagi “Фигуры” ochiluvchi tugmani bosish orqali ochilgan shakllar to‘plami keltirilgan oynadan kerakli shaklni sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlab, slaydningkerakli joyiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish bilan yoki kerakli o‘lchamda chizib olish bilan qoyiladi;

    2. Agar bir nechta bir xil shakl qoyish kerak bo‘lsa, kerakli shaklni sichqoncha ko‘rsatkichi bilan belgilab olib, uning o‘ng tugmasi bosiladi va paydo bo‘lgan kontekstli menyudan “Зафиксировать режим рисования” buyrug‘i tanlanadi.

    3. So‘ng slaydning ixtiyoriy joyiga sichqoncha ko‘rsatkichi keltirilib uning chaptugmasi bosilsa tanlangan shakl avtomatik ravishda chiziladi, bu jarayonni bir necha marta takroran bajarib bir xil bir nechta shakl chizish mumkin. Bu shakllarni sichqoncha yordamida kerakli joyga siljitish ham mumkin. To‘g‘ri geometrik shakllar (masalan, aylana, kvadrat) qoyish uchun “Shift” tugmasi bosilgan holda shaklni qoyish bajariladi.

    4. “Зафиксировать режим рисования” rejimidan chiqish uchun “Esc” tugmasi bosiladi.

    Slaydlarga kompyuterdagi mavjud rasm yoki suratlarni qoyishning bir necha usullari mavjud (quyidagi 5.9-rasmga qarang). Ular “Вставка” menyusining “Изображения” panelida joylashgan elementlar yordamida qo‘yiladi.


    Download 4,78 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




    Download 4,78 Mb.