|
Tarmoq qurilmalari va komponentalari
|
bet | 46/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
1. Qurilma:
Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);
Oraliq qurilmalari (router, switch, hub va h.k);
Tarmoq qurilmalari — kompyuter tarmog‘ining ishlashi uchun zarur bo‘lgan qurilmalar. Tarmoq qurilmalari 2 turga bo‘linadi: Aktiv va Passiv
Aktiv qurilma deganda ba’zi bir «intellektual» xususiyatga ega bo‘lgan qurilma tushuniladi. Ularga marshrutizatorlar (router), kommutatorlar (switch) va boshqalar kiradi.
Passiv qurilma deganda «intellektual» xususiyati bo‘lmagan qurilma tushuniladi. Ularga konsentratorlar (hub), povtoritellar (repeater), kabel tizimlari, raz’yomlar, kross-panel va boshqalar kiradi.
Marshrutizator yoki router, ruter (ingl. Router) — tarmoq topologiyasi haqidagi ma’lumot va berilgan qoidalar asosida paketlarni tarmoq segmentlari orasida uzatish haqida qaror qabul qilauvchi qurilma.
Tarmoq kommutatori yoki svitch (ingl. switch — o‘tkazgich (pereklyuchatel)) — bitta segment chegarasida kompyuter tarmog‘ining bir nechta tugunini birlashtiruvchi qurilma.
Konsentrator trafikni bitta qurilmadan boshqa barcha qurilmalarga yuborsa, kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu esa ma’lumotlar almashish tezligini va tarmoq xavfsizligini oshiradi. Tarmoqning boshqa segmentlarini ular uchun mo‘ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashdan ozod qiladi
Tarmoq konsentratori (ingl. hub — faoliyat markazi) — bir nechta qurilmalarni bitta umumiy segmentga birlashtiruvchi tarmoq qurilmasi. Qurilmalar kabellar yordamida ulanadi.
3-rasm. Tarmoq konsentratori hub— faoliyat markazi
Kommutatsiya paneli (kross-panel, patch-panel) —kabel tizimining tarkibiy qismi. Birlashtiruvchi raz’yomlardan tashkil topgan paneldan iborat. Kommutatsiya paneli passiv tarmoq qurilmasiga kiradi.
|
| |