rasm. ziyonet.uz webportali
Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so‘z bo‘lib, ko‘rishni ta’minlash, ko‘rsatish ma’nosini anglatadi. Birinchi Webbrauzer 1990yilda CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, nomi World Wide Web bo‘lgan.
Hozirgi kungacha juda ko‘p Webbrauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Internet Explorer va Power Browser shular jumlasidandir. Shulardan eng mashhurlari quyidagilar:
rasm. Webbrauzerlar.
Internet – bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab web- sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan web-sahifani topish uchun uning Internetdagi manzilini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba’zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog‘idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko‘p foydalaniladigan web-sahifalar manzillari maxsus ma’lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to‘liq axborot olib bo‘lmaydi. Chunki Internetdagi barcha web-sahifalar manzillarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo‘ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan, Internetdagi bir qancha manzillar o‘zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlarining yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi.
Qidiruv tizimi – maxsus web-sahifa bo‘lib, Internet tarmog‘idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi.
Hozirgi kunga kelib o‘nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko‘p qo‘llaniladiganlari sifatida Google, Rambler, Aport, Yahoolarni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog‘ida o‘z manziliga ega. Masalan, yuqorida sanab o‘tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yahoo.com va www.google.uz manzillarga ega.
|