1-rasm. ARPANet tarmog‘i
Birinchi marta 1969yil 29oktyabrda ishga tushirilgan ARPANet tarmog‘ida oraliq masofa 640 km bo‘lgan LosAnjeles universiteti bilan Stenford tadqiqot markazi orasida bor yo‘g‘i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik bu tarmoqqa AQSHning boshqa universitet, kollej va tashkilotlari ham ulangan. 1973yilda transatlantik telefon kabeli o‘tkazilganidan keyin ARPENet tarmog‘iga Yevropaning o‘quv yurtlari va tashkilotlari ulandi. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog‘iga aylandi.
Internet tarmog‘i biror tashkilotga bo‘ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, tijorat strukturalari va millionlab xususiy shaxslar tomonidan
moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko‘ngillilar tomonidan tashkil etilgan
«Internet arxitekturasi bo‘yicha kengash» tomonidan boshqariladi.
Internet dunyo bo‘ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o‘rganishda va savdosotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o‘zaro aloqa bog‘lash yoki ma’lumotlar almashish tarmog‘i bo‘libgina qolmasdan, unda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ombori dunyo bilimlar omborini tashkil etadi.
Internetning kompyuterlar bilan bog‘liq bo‘lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o‘zi haqidagi ma’lumotlarni ham o‘zida saqlay oladi.
Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem qurilmasi sababli shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
2-rasm. Internet tarmog‘iga ulamish
Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP – TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.
TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha:
|