|
rasm. TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli
|
bet | 52/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSATrasm. TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli.
Internet xizmatlari foydalanuvchiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Masalan:
elektron pochta (Email) – bir nechta foydalanuvchi orasida ma’lumot almashish imkoniyati;
chat – real vaqtda ma’lumot almashish imkoniyati;
telekonferensiya – jamoa bilan ma’lumot almashish imkoniyati;
WWW (World Wide Web) – turli ko‘rinish va shakldagi axborot manbalarini birlashtirgan yagona axborot olamidan foydalanish imkoniyati.
1992–93yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.
World Wide Web (ma’nosi: xalqaro o‘rgimchak to‘ri)ning yaratilishiga 1989yil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo‘ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib qoldi. World Wide Web multimedia (multimedia – rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi
shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo‘lgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi.
WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Websahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko‘rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko‘pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi.
WWWning ommalashishiga yana bir omil gipermatndir. Gipermatn websahifaning biror qismiga yoki boshqa Websahifaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ilova bo‘lib, u so‘z yoki rasm bo‘lishi mumkin. Gipermatn yordamida Websahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Websahifaga tez va oson o‘tiladi, bu hol kerakli qism yoki Websahifaga gipermurojaat deb ataladi. Websahifada rasmga, ismsharifga, tug‘ilgan mamlakati nomiga gipermurojaat joylashtirilgan bo‘lib, gipermurojaat tanlangach, yangi websahifa ochiladi.
Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bog‘langan bir nechta Websahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Masalan, quyidagi rasmda ziyonet.uz websaytining 100 dan ortiq websahifalaridan biri –
«Astronomlar» deb nomlangan websahifa aks etgan:
|
| |