Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmatlar




Download 4,78 Mb.
bet48/114
Sana21.05.2024
Hajmi4,78 Mb.
#248030
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114
Bog'liq
SSAT

Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmatlar




Xizmat- Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo‘ng'iroq, ma’lumot uzatish va h.k)

Tarmoq turlari


  1. PAN (Personal Area Network) – ko‘pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo‘lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.

  2. LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo‘lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha.

  3. CAN (Campus Area Network) – o‘ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko‘p segmentli LAN hosil qilinadi.

  4. MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr masofani o‘zida qamrab oladi va o‘zida 1000 ta foydalanuvchilarni o‘ziga birlashtiradi.

  5. WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million abonentlarni o‘zida birlashtiradi (Internet).

Kompyuter tarmoqlari axborotlarni elektr signallari ko‘rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuterning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki o‘z ma’lumotlarini asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin;
Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o‘z ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog‘ozga chop qilishi mumkin;
Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin;
Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o‘zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.
Tarmoq har doim bir nechta kompyuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o‘z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega.Axborot uzatish va qabul qilish kompyuterlar o‘rtasida navbat bilan amalga oshiriladi.
Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan so‘ng undagi barcha kompyuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi.
Jo‘natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo‘natish jarayoni kabi uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari ko‘rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi.

Download 4,78 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114




Download 4,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmatlar

Download 4,78 Mb.