§. TARMOQ VA ULARNING TURLARI




Download 4,78 Mb.
bet45/114
Sana21.05.2024
Hajmi4,78 Mb.
#248030
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114
Bog'liq
SSAT

6§. TARMOQ VA ULARNING TURLARI.




    1. Kompyuter Tarmoqlari tushinchasi.




Tarmoq- bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo‘ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma’lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy o‘yinlarni o‘ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo‘lsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.
Kompyuter tarmoqlari turlari va vazifalari: Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar - mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.
Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog‘lanadi.

    1. Download 4,78 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114




Download 4,78 Mb.