|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 53/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT 4-rasm. websahifa
Websaytni kitobga, websahifani esa kitobning sahifasiga o‘xshatish mumkin. Websaytdagi websahifalar o‘zaro gipermatn yordamida bog‘lanadi. Websaytlar ham, Websahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o‘z manziliga ega bo‘ladi. Bu manzil URL (ingliz tilida: Uniform Resourse Locator – zahiraning takrorlanmas ko‘rsatkichi ma’nosini anglatadi) deb ataladi. URL Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u takrorlanmas manzilni ifodalaydi. URL bir necha bo‘g‘indan iborat bo‘lgan Internet tarmog‘idagi axborot zahirasi manzilidir.
Masalan: http://www.eduportal.uz/webmaktab.html URL manzil quyidagilardan tashkil topadi:
http – bog‘lanish protokoli; www.eduportal.uz – axborot saqlanayotgan provayder (server) nomi; webmaktab.html – sayt (fayl) nomi.
Provayderlar (ingl. provide – imkon berish, ta’minlash) – Internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardir. Provayderlar bir necha yuz ming mijozga xizmat ko‘rsatish va axborotlarni yuborish uchun maxsus yuqori tezlikdagi aloqa kanallaridan foydalanadilar. Har bir davlatda Internet tizimining ishlash sifati kanallarning o‘tkazuvchanlik kuchiga bog‘liq. O‘zbekistonda Internetdan foydalanish boshlangan dastlabki davrlarda ma’lumot yuborish va qabul qilish tezligi unchalik katta bo‘lmagan. Masalan, 2002yilda 8,5 Mb/s ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda Internet tarmog‘ida ulanishni ta’minlovchi xalqaro kanallar o‘tkazuvchanlik qobiliyatining rivojlanishi natijasida 2,5 Gb/s dan oshdi.
Qisqacha qiziqarli ma’lumot
Internetning foydali jihatlari ko‘p. Bugun u bilim manbayi hamdir. O‘zbekistonda bu – ZiyoNET ta’lim tarmog‘i. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005yil 28sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2006yilda
«ZiyoNET» jamoat axborot ta’lim tarmog‘i tashkil etildi. «ZiyoNET» ta’lim tarmog‘i o‘qituvchi, talaba va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan webmanbalar orasida eng yirigidir. Uning asosiy maqsadlari – yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek, aholining
turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli ma’lumotlarni olish, muloqot qilish va tajriba almashinishlar uchun zarur imkoniyatlar berish. Bu tarmoqdan ma’lumot olish uchun ziyonet.uz webportaliga kirish kifoya.
|
| |