• Qidiruv tizimida ishlash
  • 7-rasm. WWW.UZ qidiruv tizimining bosh sahifasi Internet Explorer brauzerida
  • Navoiy davlat pedagogika




    Download 4,78 Mb.
    bet55/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    rasm. Qidiruv tizimlari


    O‘zbekistonda ham WWW.UZ milliy axborot-qidiruv tizimi 2006-yilning oktyabr oyida UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishga tushirilgan edi. Shu davr ichida milliy axborot-qidiruv tizimi elektron xizmatlar, texnologik qulayliklari va funksiyalari evaziga internet foydalanuvchilari o‘rtasida ommalashdi. 2015-yilning 11-fevral kuni Milliy axborot-qiduruv tizimining yangi talqini ishga tushirildi. Milliy qidiruv tizimi interfeysi o‘zbek va rus tillarida tashkil etilgan. Qidiruv tizimi web-brauzer orqali ishga tushiriladi, ya’ni brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili kiritiladi. Qidiruv tizimlari (web-sahifasi) turli ko‘rinishga ega bo‘lgani bilan, ularning ishlashi deyarli bir xilda. Ulardan foydalanishni O‘zbekistondagi milliy qidiruv tizimi WWW.UZ misolida ko‘rib chiqamiz.

    Qidiruv tizimida ishlash


    Qidiruv tizimini ishga tushirish uchun, eng avvalo, Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Brauzerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili – www.uz/uz (rus tilidagi interfeysni ochish uchun www.uz/ru)ni kiritib, Enter klavishini bosamiz. Brauzer ma’lumotlar maydonida WWW.UZ qidiruv tizimining Bosh sahifasi aks etadi:

    7-rasm. WWW.UZ qidiruv tizimining bosh sahifasi Internet Explorer brauzerida


    Mazkur interfeys Opera web-brauzerida quyidagi ko‘rinishda aks etadi:





    8-rasm. WWW.UZ qidiruv tizimining bosh sahifasi Opera brauzerida.




    Avvalambor, Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim. U biror mavzu bo‘yicha maqola, o‘yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo‘lishi mumkin. Milliy qidiruv tizimi qidiruv tizimi katalogidagi hamda foydalanuvchi tomonidan qidiruv tizimi katalogiga qo‘shilgan saytlar ichidagi ma’lumotlarni uning nomi va tavsifi bo‘yicha izlash imkonini beradi. Agar biror maqolaning nomi yoki biror tavsifi ma’lum bo‘lsa, qidiruv tizimidagi Izlash xususiyatlaridan «Nomi va tavsif bo‘yicha» tugmasi tanlangach, qidiruv satriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi mumkin bo‘lgan so‘z yoki jumla, ya’ni kalit so‘z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Masalan, informatikadan referatlarni izlash kerak bo‘lsa, u holda qidiruv satriga «informatikadan referatlar» kalit so‘zi kiritiladi. Kalit so‘zni kiritish jarayonida qidiruv tizimi tomonidan turlicha kalit so‘zlar taklif etilishi mumkin (quydagi rasm).

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




    Download 4,78 Mb.