|
§. ALOQA VOSITALARI VA MOBIL ALOQA TEXNOLOGIYALARI
|
bet | 57/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
Mobil telefon va mobil aloqa muhiti
Mobil yoki uyali telefon so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik texnologik yangiliklardan biri bo‘ldi. Mobil aloqa vositalari va mobil aloqa texnologiyalari ahamiyati yuqoridir.
Mobil telefon va mobil aloqa muhiti. Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo‘lib asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti–tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo‘lib, abonentlarning bir-birlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida simsiz havo orqali uzatiladi.
1-rasm. Mobil telefonlar
Mobil aloqa xizmati operatorlari. Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko‘rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o‘zining mobil tarmog‘ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish kiradi. 2019 yilda Oʻzbekiston mobil aloqa operatorlari respublikaning barcha hududlari boʻylab 3000 ta yangi baza stansiyalarini oʻrnatgan. Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimining operatori sifatida “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK belgilangan boʻlib, mazkur korxona negizida mobil qurilmalarni hisobga olish va
roʻyxatdan oʻtkazish tizimi oʻrnatildi. Mamlakatimizda 22 milliondan ziyod mobil aloqa abonentlari, 16 milliondan ko‘proq mobil internet foydalanuvchilari bor. Bular “Uzdunrobita” MCHJ HK – MTS, “YUnitel” MCHJ HK - Bilayn, “Koskom” MCHJ
Ucell, “Rubicon wireless comunication” MCHJ – “Perfektum Mobayl”, O‘zbektelekom AK – “O‘zbektelekom Mobayl” va boshqalar. Ushbu mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil so‘zlashuv, SMS, MMS, GPRS, GSMA, Internet kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Mazkur tizim Oʻzbekistonning barcha GSM-operatorlari tarmoqlariga ulangan boʻlib, ular oʻrtasida “onlayn” rejimida oʻzaro maʼlumot almashish imkonini beradi. Shuningdek, tizim import qilinadigan mobil qurilmalarning registratori vazifasini bajaradi. Hozirgi paytda GSMA bazasiga 43 mamlakatning 118 ta mobil operatori ulangan. Belgiya, Chili, Kosta-Rika, Kipr, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gana, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Malta, Norvegiya, Portugaliya, JAR, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Venesuela shular jumlasidandir. GSMA bilan axborot almashinuvi boshqa mamlakatlar hududida oʻgʻirlangan yoki yoʻqolgan qurilmalarni ishlatishni cheklash imkonini beradi. Ayni paytda, Oʻzbekiston hududida va aksincha GSMA ga aʼzo kompaniyalar tarmoqlarida Oʻzbekiston Respublikasining “qora roʻyhati"ga kiritilgan qurilmalarni ishlatishning imkoni boʻlmaydi.
|
| |