Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar




Download 4,78 Mb.
bet59/114
Sana21.05.2024
Hajmi4,78 Mb.
#248030
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   114
Bog'liq
SSAT

Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar.




Mobil operatsion tizimlar mobil qurilmalar (smartfonlar, planshetlar, PDA va boshqa mobil qurilmalar)ni boshqarish uchun mo‘ljallangan tizimlar hisoblanadi. Mobil operatsion tizimlar ikkita asosiy platforma yaʼni foydalanuvchi dasturiy taʼminot platformasi va qurilmalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan quyi sathdagi real-vaqt operatsion tizimidan iborat bo‘ladi. Operatsion tizimlarni ishlab chiqishda jadal rivojlanayotgan yoʻnalishlardan biri mobil qurilmalar uchun OT yo‘nalishi hisoblanadi. Shuni esda tutish kerakki, mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlar kompyuterlardan farqli o‘laroq, mobil qurilmaga qo‘yiladigan talablardagi farqlar hamda ularni amalga oshirishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    1. rasm. . Mobil aloqa vositalari


  1. Xotira va protsessor tezligidagi cheklovlar

  2. Mobil qurilmalardagi turli modellarining ekranlari, ekrandagi navigatorlarni turli dizayn vakonstruktivdagi farqlari

  3. Asosiy fayl formatlari bilan mos kelishi

  4. Multimedia imkoniyatlari

  5. Aloqa va tarmoq texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi.

Hozirgi vaqtda mobil qurilma tanlovida asosan operatsion tizim tanloviga to‘g‘ri keladi. Symbian OS operatsion tizimiga 1998 yilda asos solingan bo‘lib, Symbian konsortsiumi (Nokia, Ericsson, Psion, Motorola) tomonidan ishlab chiqilgan. Symbian Foundation Symbian OS operatsion tizimi asosida turli kompaniyalarning mobil qurilmalari uchun mos yagona mobil platformani ishlab
chiqish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullangan, bu ishlanma Nokia tomonidan moliyalashtirilgan. 2009 yil oxirida mobil operatsion tizimlari quyidagicha taqsimlandi:


    1. rasm. . Mobil operatsion tizimlari




Hozirgi kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab chiqarilmoqda-ki, bular vazifalari jihatidan personal kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o‘yinlar o‘ynash, hatto radioeshittirish va televideniedan ham bahramand bo‘lish
mumkin.
Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” ma’nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho‘ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin
bo‘lgan mobil telefon. Bunda cho‘ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlangan.
iPhone - to‘rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o‘zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari
kommunikator va internet planshetlarning asosiy funksiyalarini ham qamrab olgan.

Download 4,78 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   114




Download 4,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar

Download 4,78 Mb.