|
-rasm. Kalit so‘z orqali qidiruv jarayoni
|
bet | 56/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT 9-rasm. Kalit so‘z orqali qidiruv jarayoni.
Mazkur kalit so‘zga mos izlash natijasida, odatda, qidiruv tizimi sahifasida izlash natijasida aniqlangan manbalar soni, saytlar manzili va nomlari aks etadi
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha foydalanuvchilar orasida mashhurlaridan biri Google qidiruv tizimi bo‘lib, u juda ko‘p tillarda izlash imkonini beradi. Bu qidiruv tizimini ishga tushirish uchun web-brauzer manzillar satriga «google.uz» so‘zini yozish va Enter klavishini bosish kifoya. Natijada qidiruv tizimining interfeysi aks etadi:
Bu qidiruv tizimining qidiruv satriga «web-brauzerlar» kalit so‘zi kiritilsa, quyidagi ko‘rinishda izlash natijalari aks etadi:
11-rasm. Google qidiruv tizimida kalit so‘z orqali qidiruv jarayoni.
Ba’zi qidiruv tizimlari izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo‘yicha izlash imkoniyatini beradi. Mavzular nomi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Ramblerning mavzular ro‘yxatiga «Sport», «Kino va musiqa»,
«Texnologiyalar», «O‘yinlar» kabilar kiritilgan. Tavsiya etilgan mazvu tanlangach,
qidiruv satrida berilgan axborot Internetning faqat tanlangan bo‘limga tegishli hujjatlari ichidan izlanadi.
Topshiriq va nazorat savollari.
Internet deganda nimani tushunasiz?
Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?
World Wide Web haqida ma’lumot bering.
Websahifa va gipermatn bog‘liqligi haqida so‘zlab bering.
Websayt nima?
Internetdagi websahifalar qayerda saqlanadi?
Provayder haqida so‘zlab bering.
«http:ziyonet.uz/arboblar/fan/astonomlar» URL manzilini tahlil etib bering.
Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni bilish kerak?
Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so‘zlab bering.
Qanday qidiruv tizimlari manzilini bilasiz?
|
| |