rasm. Jamiyat sohalarida ishlatilishiga qarab, grafika turlari




Download 4,78 Mb.
bet64/114
Sana21.05.2024
Hajmi4,78 Mb.
#248030
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114
Bog'liq
SSAT

rasm. Jamiyat sohalarida ishlatilishiga qarab, grafika turlari


Ilmiy sohada izlanish natijalarini, ko‘rsatkichlarini oson va qulay ko‘rinishda tasvirlashda grafika foydalaniladi. Ayniqsa, matematika, geometriya, kimyo, biologiya kabi fanlarni o‘qitishda turli shakllarni ikki, uch o‘lchovli ko‘rinishda tasvirlashda, tasvirni o‘quvchi ko‘z oldida gavdalantirishda, tasavvur hosil qilishda kompyuter grafikasining o‘rni beqiyosdir.


Tijorat grafikasi statistik ma’lumotlarni, iqtisodiy o‘sish yoki kamayish jarayonlarini tasvirlashda qo‘llaniladi. Bunda ko‘rsatkichlarni diagramma turlari, jadval, harakatlar orqali, video, audio ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Axborot marketingi kompyuter grafikasi vositalari qo‘llanishining eng keng va turli-tuman sohasidir. Shaxsiy kompyuter yordamida qurilgan interaktiv grafiklar, diagrammalar, rasmlardan ko‘pincha moliyaviy-iqtisodiy tahlilni o‘tkazish uchun hamda rejalashtirish va marketing qarorlarini qabul qilishda qulay vosita sifatida foydalaniladi. Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari tufayli byudjet, tovarlarning mavjudligi, pul mablag`larining harakati, foydaning miqdorlari, foiz stavkalari, sarmoya kiritishdan daromadlar, buyurtmalar «portfeli»ning holati haqidagi ma’lumotlarga ega har xil interaktiv grafiklar va diagrammalarni tayyorlash
mumkin.
Konstruktorlik grafikasi qurilish, texnika kabi sohalarni loyihalarini chizish, loyiha orqali inshootni tayyor holatda ko‘rish imkonini beradi. Bu esa iqtisodiy samaradorlikni oshirish, sarf-xarajatni hisoblash, xatolarni kamaytirishga sabab bo‘ladi.
Illyustrativ grafika asosan turli shakllar hosil qilish, ranglar bilan ishlash, bezatish bilan shug`ullanadi. Biror mahsulotni reklama yoki taqdimot qilish, ko‘pchilikka tanishtirishda illyustrativ grafika yordamga keladi. Ma’lumotlarni tayyorlashda geometrik shakllar, diagramma, rasmlar kabi turli xil ko‘rinishdagi shakllardan foydalanish mumkin. Tovarni har tomonlama mos, chiroyli ko‘rsata olishlik bozor jamiyati uchun juda xos. Bunda hamma narsa tovarning sifatiga bog`lik. Masalan, o‘zi, o‘z tovari yoki kompaniyasi haqidagi axborotni qanday berishning belgilangan madaniyati vujudga kelgan. Xususan, axborot sohasi tovarlarini reklama qilish uchun illyustrativ kompyuter grafikasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Illyustrativ grafika vositalari sifatli mashina tasvirlari, illyustrativ matnlar, chizmalar, eskizlar, geografik xaritalarni yaratish uchun xizmat qiladi.
Badiiy grafika sohasi badiiy san`at asarlari ya’ni rasmlar, haykaltaroshlik ishlari, miniatura rasmlarida foydalaniladi. Bunda asardagi rang va chiziqlar joylashuvi, ko‘rinishi, nuqtalar sonini boshqarish mumkin.

    1. Download 4,78 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114




Download 4,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm. Jamiyat sohalarida ishlatilishiga qarab, grafika turlari

Download 4,78 Mb.