• 2-rasm. PhotoShop dasturining uskunalar satri.
  • Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, tasvir, qatlam, ranglar, filtrlashva animatsiya




    Download 4,78 Mb.
    bet72/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, tasvir, qatlam, ranglar, filtrlashva animatsiya.


    PhotoShopning uskunalar satrida 23 ta tugma bo‘lib, ular dastlab bitta ustun ko‘rinishida joylashgan bo‘ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo‘shaloq uchburchak ko‘rinishidagi tugmani bosib, uskunalarni ikki ustun ko‘rinishida joylabchiqish mumkin. Yangidan paydo bo‘lgan qo‘shaloq uchburchaklarni yana bir martabosib, uskunalar satrini avvalgi holatiga qaytarish mumkin.



    2-rasm. PhotoShop dasturining uskunalar satri.


    Uskunalar satri to‘rt qismga ajratilgan bo‘lib, ularning birinchisida oltita, ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to‘rtta, to‘rtinchisida esa beshta tugma joylashgan. Uskunalar satridagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna mos keladi. Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko‘p bo‘lib, odatda, bitta tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo‘ladi. Agar uskuna tugmasining o‘ng quyi burchagida qora uchburchak bo‘lsa, bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi.
    Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o‘ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos keladigan uskunalar ro‘yxati paydo bo‘ladi va ulardan keraklisini tanlab olish mumkin. Odatda, har bir tugma uchun klaviaturada biron bir klavisha mos qo‘yilgan bo‘lib, uni ketma-ket bir necha marta bosish bilan bu tugmaga mos uskunalardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan foydalanib bo‘linganidan keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo‘lsada, dastlab unga moslashish qiyin kechadi.
    Shuning uchun uskunadan foydalanib bo‘lgach, darhol Рука (Dasta) uskunasini tanlashga odatlaning. Bu uskuna uskunalar satrining to‘rtinchi bo‘limida birinchi bo‘lib joylashgan. U ishchi sohaga sig`maydigan katta o‘lchamli tasvirning kerakli qismiga o‘tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun tasvirning ixtiyoriy joyida sichqonchaning chap tugmasini bosib, uni kerakli yo‘nalishda sudrash yetarli. Asosiysi, bu uskuna tasvirga hech qanday o‘zgarish kiritmaydi. Palitra deb rassomlar bo‘yoqlarni aralashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga aytiladi. Uskunalar satrida 70 dan ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham PhotoShopning barcha imkoniyatlarini ochib bermaydi. Uskunalarning keng imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi. Rassomlar palitraga kerakli bo‘yoqlarni surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga kerakli palitralami joylab, ilova bilan ishlashni yanada qulay qilib olish mumkin. Palitralar ilova oynasining o‘ng tomonidagi palitralar sohasida joylashganbo‘lib, muloqot oynalariga o‘xshab ketadi. Lekin ulardan farqli ravishda palitralardan keraklilarini ekranga o‘zimiz chiqaramiz yoki uni yopib qo‘yamiz. Bupalitralar yigirmadan orti bo‘lib, odatda, bir nechtasi birlashtirilgan bo‘ladi. Ba’zi uskunalarning o‘z palitralari bor, ba’zilari esa unchalik murakkabbo‘lmay, ular bilan ishlash uchun parametrlar satri yetarli. Ba’zi palitralarda yangiuskunalar joylashgan, masalan, navigator, gistogramma, info palitralarini yangi uskunalar deb qarash mumkin.
    Ba’zi palitralarni PhotoShopning ajralmas qismi deb qarash mumkin. Masalan, Слои (Qatlamlar), Каналы (Kanallar), История (Oxirgi amallar) palitralari PhotoShopning o‘ziga xos jihatlarini ochib beradiki, ularsiz PhotoShopni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Palitralardan keraklisini ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo‘limidan foydalaniladi. Undagi bandlarning ba’zilaridabayroqchalar o‘rnatilgan va bu palitralar ekranda ko‘rinib turadi. Agar kerakli palitraustida sichqonchaning chap tugmasini bossak, uning bayroqchasi o‘rnatiladi va u ekranda paydo bo‘ladi. Tanlangan band ustida sichqonchaning chap tugmasini yanabir marta bossak, bayroqcha olib tashlanadi va palitra ham ekrandan olib tashlanadi. Misol uchun, Навигатор
    (Yo‘naltiruvchi) palitrasini ekranga chiqaraylik. Uning yordamida rasm masshtabini o‘zgartish mumkin.


    1. Download 4,78 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




    Download 4,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, tasvir, qatlam, ranglar, filtrlashva animatsiya

    Download 4,78 Mb.