Photoshopda grafik obyekt fayllari bilan ishlash




Download 4,78 Mb.
bet74/114
Sana21.05.2024
Hajmi4,78 Mb.
#248030
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114
Bog'liq
SSAT

Photoshopda grafik obyekt fayllari bilan ishlash


PhotoShopda ishni boshlash uchun unga birorta tasvirni yuklab olish yoki yangitasvirni yaratish kerak bo‘ladi. Bu amallarni qanday amalga oshirish bilan tanishib chiqamiz. Odatda, PhotoShopda mavjud tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba`zan unda yangi tasvir yaratishga ham to‘g`ri keladi. Yangi tasvirni yaratish uchun Ctrl+N (New - yangi so‘zidan olingan) qo‘shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo‘limining birinchi bandi Создать... (... ni yaratish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Новый (Yangi) muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Oynaning o‘ng tomonidagi OK (Ha) tugmasini bosib, taklif
qilinayotgan parametrlar bo‘yichayangi tasvirni yaratish; Отмена (Bekor qilish) tugmasini bosib, yangi tasvir yaratishdan voz kechish mumkin. Bu tugmalar ostidagi Сохранить набор параметров (Parametrlar to‘plamini saqlash) tugmasini bosib, o‘rnatilgan parametrlardan keyingi tasvirlarni yaratishda foydalanish uchun saqlab qo‘yish mumkin. Удалить набор ...(Parametrlar to‘plamini o‘chirish) tugmasi kerak bo‘lmay qolgan parametrlar to‘plamini o‘chirib tashlash uchun xizmat qiladi. Bu tugmalar ostida yaratiladigan tasvirning hajmi ko‘rinib turadi:

    1. rasm. Yangi sahifa yaratish oynasi.


Oynaning chap tomonidagi Имя (Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi Набор (To‘plam) maydonchasida parametrlar to‘plamini tanlash mumkin. Odatda, bu parametrlar oxirgi yuklab olingan tasvir parametrlari bilan bir xil bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan keraklisini tanlab parametrlarni birdaniga o‘zgartirish mumkin.
Paramertlarni bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o‘zgartirish ham mumkin. Ulardan asosiylari Ширина (Eni) va Высота (Balandligi) lardir. Mavjud tasvirlarni ochish uchun Ctrl+O (Open - ochish so‘zidan olingan) qo‘shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo‘limining birinchi bandi Открыть ... (Ochish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Открыть (Ochish) muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Bu muloqot oynasi bilan ishlash boshqa ilovalar, masalan, Word yoki Excelning shu nomli muloqot oynalari bilan ishlashdan deyarli farq qilmaydi.




    1. Download 4,78 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114




Download 4,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Photoshopda grafik obyekt fayllari bilan ishlash

Download 4,78 Mb.