|
rasm. PhotoShop dasturining Окно (Oyna) bo‘limi
|
bet | 73/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT rasm. PhotoShop dasturining Окно (Oyna) bo‘limi.
Bu palitra Гистограмма (Gistogramma) palitrasi bilan birgalikda ishlatiladi. Uning o‘ng yuqori burchagidagi ikki tugmadan chapdagisi palitrani yashirish, o‘ngdagisi ekrandan olib qo‘yish uchun xizmat qiladi. Ularning ostidagi tugma palitraning menyusini ochish uchun xizmat qiladi. Palitraning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun o‘ng quyi burchagini sichqoncha yordamida sudrash kerak bo‘ladi. Palitra oynasining yuqorisidagi sarlavha satrini sichqoncha bilan sudrab, oynani ekranning boshqa joyiga olib o‘tish mumkin. Palitra oynasining pastki qismidagi surgichning ko‘rsatkichini sichqoncha yordamida chapga sudrab rasm masshtabini kamaytirish,o‘ngga sudrab kattalashtirish mumkin. Surgichning o‘ng tomonidagi tugma masshtabni kattalashtiradi. Chap tomonidagisi esa kichiklashtiradi.
Rasmning ishchi sohada ko‘rinadigan qismi qizil ramkaga olib qo‘yiladi. Ramkani sichqoncha bilan sudrab tasvirning ishchi sohadagi qismini surish mumkin.
rasm. Rasmning ishchi sohasi.
Masshtabni o‘zgartirishning boshqa usullari ham mavjud. Ulardan eng osoni klaviaturadagi qo‘sh tugmalardan foydalanishdir. Ctrl+"+" (Ctrl va + tugmalarini bir paytda bosish) masshtabni kattalashtiradi. Ctrl+"-" esa masshtabni kamaytiradi. Dastak uskunasini ikki marta bosib, rasmni ishchi sohani to‘liq egallaydigan qilib, masshtab uskunasini ikki marta bosib, 100% masshtabda rasmni ekranga chiqarish mumkin. Masshtab ekranning quyi qismidagi holat satrida ham ko‘rsatiladi. Uni sichqoncha bilan tanlab, kerakli masshtabni kiritish mumkin.
Masshtab uskunasi ham rasm masshtabini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Sichqonchani bir marta bosib uni tanlaganimizda parametrlar satrida uning parametrlari paydo bo‘ladi. Undagi kerakli tugmalar yordamida masshtabni o‘zgartiramiz:
rasm. Masshtabni sozlash satri.
Ba’zi uskunalarda ular bilan ishlashni tugatmay turib, boshqa uskunani, shu jumladan masshtab uskunasini tanlab bo‘lmaydi. Bunday paytda Ctrl va Alt tugmalaridan foydalanish mumkin. Ctrlni bosib turib, sichqonchani ishchi sohada bir marta bossak, masshtab kattalashadi. Alt tugmasini bosib turib, sichqonchani bossak, masshtab kichiklashadi.
|
| |