Navoiy davlat pedagogika




Download 4,78 Mb.
bet68/114
Sana21.05.2024
Hajmi4,78 Mb.
#248030
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114
Bog'liq
SSAT

Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo‘ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo‘llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat. Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam holdagina yaratiladi. Ko‘pincha ushbu
maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan ko‘pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Internet tizimida ko‘proq rastrli tasvirlar qo‘llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko‘riladi. Fraktal grafika odatda o‘yin dasturlarida qo‘llaniladi.
Tasvirlarni arxivlash uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar mavjud. Birinchidan matnning sifatini pasaytirib bo‘lmaydi, unda ba’zi belgilarning tushib qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Rostdan ham, agar Nodirning ismini ozgina qisqartirib, Nodi deb ketsak, Nodir bizdan astoydil xafa bo‘ladi. Tasvirlarda esa ko‘z ilg`amaydigan elementlarni tashlab ketsa ham bo‘ladi, ya’ni tasvir sifatining bir qadar yomonlashishiga yo‘l qo‘ysa bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan, kompyuter alifbosida bor-yo‘g`i 256 ta belgi bo‘lsa, rasm elementlari – piksellarning ranglari bir necha milliard qiymatdan birini qabul qilishi mumkin. Boshqa tomondan eng katta rasmlarda ham ko‘pi bilan bir necha million piksel bo‘lishi mumkin. Bu esa rasm lug`atini tuzish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Rasmdagi piksellar sonining kattaligi ham undan ko‘plab takrorlanadigan piksellar ketma-ketliklarini topishga imkon beradi. Misol sifatida keltirilgan osmon o‘par binoning rasmining asosiy qismini ko‘m-ko‘k osmon tashkil etadi.(5-rasm) Unda esa takrorlanadigan piksellar juda ko‘p. Natijada rasm hajmi yuz barobargacha va undan ko‘proq kamayishi mumkin.



        1. Download 4,78 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114




Download 4,78 Mb.