|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 50/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
Barcha kompyuterlar ketma-ket xalqa bo‘ylab bir-biri bilan bog‘lanadi
Ushbu strukturada barcha kompyuterlar bir-biri bilan tarmoqlangan kanallar orqali bog‘lanadi.
Wi-Fi - Wireless Fidelity - IEEE 802.11 simsiz aloqa standarti. Bino ichida 32 metrgacha, bino tashqarisida 95 metrgacha bo‘lgan masofada LHT PKlari tarmoq platalari, qurilmalari va ulanish nuqtalari o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi.
WiMAX - Worldwide Interoperability for Microwave Access - IEEE802.16 stendarti. Bir va ko‘p nuqtalar o‘rtasida (mobil nuqtalar bilan birgalikda) ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 70 Mbit/s gacha, masofa 70 km gacha (masofa uzayishi bilan tezlik pasayadi).
Kompyuter tarmoqlari necha turga bo‘linadi va qaysilar?
Kompyuter tarmoqlarini vazifasi nimalardan iborat?
Tarmoq strukturasini sanab bering.
Tarmoq qurilmalariga misollar keltiring.
Axborotni uzatish tezligi birliklariga misollar keltiring.
Lokal tarmoq strukturasi qanday turlarga bo‘linadi?
7§. INTERNET TARMOG‘I.
O‘zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi turli xil ko‘rinishga ega katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig‘ilib bormoqda. Bu ma’lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag‘ va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (ingliz tilidagi interconnected network iborasining qisqartmasi, ma’nosi: Xalqaro kompyuter tarmog‘i)ning tashkil etilishi bilan hal etildi.
Internet dastlab bir necha harbiy tadqiqotchilik markazlari o‘rtasida axborot resurslaridan birgalikda foydalanish maqsadida tashkil etildi. Bunga XX asrning 70yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog‘i asos bo‘lgan. ARPANet – buzilgan aloqa bo‘g‘inlarini avtomatik ravishda aylanib o‘tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma’lumot almashishiga imkon beruvchi tuzilmadir.
|
| |