• 5-rasm. O‘rama juft kabel(vitaya para)
  • Navoiy davlat pedagogika




    Download 4,78 Mb.
    bet47/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    4-rasm. Kommutatsiya paneli—kabel tizimining tarkibiy qismi.


    Vosita (ulanish usuli):


      1. mis (med) kabel:

        1. simmetrik - parali kabellar

        2. koaksial


      1. Optik kabel:

        1. bir modali – magistralda ishlatiladi




        1. ko‘p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi

      1. Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);

    O‘rama juft kabel(vitaya para) (ingl. twisted pair) — aloqa kabelining turi. Telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim juftidan iborat.U ekranlangan va ekranlanmagan bo‘lishi mumkin. Ekranlangan kabel elektr magnit halaqitlariga ancha bardoshli bo‘ladi. Ushbu kabelning kamchiliklari signallarning so‘nish koeffitsiyenti yuqoriligi va elektromagnit halaqitlariga yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun o‘rama juftlikdan foydalanishda faol qurilmalar o‘rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo‘ladi





    5-rasm. O‘rama juft kabel(vitaya para)




    Koaksial kabel. Bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning ikkita turli tizimida foydalanilishi mumkin: signalni modulyatsiyalab va modulyatsiyalamasdan uzatish.
    Birinchi holda raqamli signal SHK dan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday shaklda foydalaniladi va darhol kabel bo‘ylab qabul qilish stansiyasiga uzatiladi. U tezligi 10 Mbit/sek gacha va
    eng yuqori ta’sir radiusi 4000 m bo‘lgan bitta uzatish kanaliga ega. Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul qilish stansiyasiga yo‘naltiriladi, u yerda yana raqamli signalga aylantiriladi. Signalni aylantirish operatsiyasini modem (modulyator/ demodulyator) bajaradi; har bir stansiya o‘z modemiga ega bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatishning bu usuli ko‘p kanalli (o‘nlab kanallar bo‘yicha uzatishni ta’minlaydi, buning uchun faqat bitta kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni videosignallarni, ma’lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha yetishi mumkin.

      1. Download 4,78 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




    Download 4,78 Mb.