• 4§. SAN’AT SOHASIDA MA’LUMOTLAR BAZASI BILAN ISHLASH.
  • Navoiy davlat pedagogika




    Download 4,78 Mb.
    bet28/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    rasm. Diagrammani tahrirlash va formatlash

    Topshiriq va nazorat savollari


    1. Elektron jadvallarga misollar keltiring. Elektron jadvaldan foydalanish nimasi bilan qulay?

    2. MS Excel dasturining yaratilish tarixi haqida qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz?

    3. MS Exceldagi ishchi kitob va ishchi varaq tushunchalarini izohlang.

    4. Ustun, katak, satr va katak diapazoni tushunchalarini izohlang.

    5. MS Excelda kataklarga qanday turdagi ma’lumotlar kiritiladi?

    6. MS Excel dasturida funksiya tushunchasini ta’riflang.

    7. Dasturda qanday funksiya sinflari mavjud?

    8. Matematik va matnli funksiyalar vazifalarini tushuntiring.

    9. “СЖПРОБЕЛЫ” funksiyasidan qanday masalalarni hal etishda foydalaniladi?

    10. “СЦЕПИТЬ” funksiyasidan qanday masalalarni hal etishda foydalaniladi?

    11. Diagramma qanday muammolarni hal etishda yordam beradi?

    12. Diagramma yaratish uchun uning turini tanlashda nimalarga ahamiyat beriladi?

    4§. SAN’AT SOHASIDA MA’LUMOTLAR BAZASI BILAN ISHLASH.




      1. Ma’lumotlar ba’zasi haqida tushuncha va unga qo‘yiladigan talablar. Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi.


    Bugungi kunda moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq kabi sohalar bilan bir qatorda san’at va madaniyat sohasida ham berilganlarni qayta ishlash va saqlashni ma’lumotlar bazasisiz bajarib bo‘lmay qoldi. Chunki axborot-kommunikatsiya texnika va texnologiyalarini rivojlanishi axborot oqimining ko‘lamini misli ko‘rinmagan darajada oshishiga sabab bo‘ldi. Endilikda bunday axborot oqimini saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini (MB) yaratish, sо’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bо’lib qolmoqda. Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni strukturalashtirib foydalanuvchiga uni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
    Ma’lumotlar bazasi deb biror bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar о’rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydigan ma’lum bir strukturaga ega, о’zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasiga aytiladi.
    Demak, ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir strukturada saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami tushiniladi. Boshqacha qilib aytganda MB - bu ma’lum berilgan aniq, bir strukturaga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo‘lgan fayldir.
    Odatda MB ma’lum bir obyekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarini o‘zichiga oladi, ularni saqdaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi.
    Misol tariqasida ombordagi tovarlarni savdoga chiqarishni obyekt sohasi sifatida qaraylik. Aytaylik bir-biriga o‘zaro bog‘liq bо‘lmagan ikkita korxona о’z tovarlari sotilishi hisobini tekshirib borishi kerak bo‘lsin.
    Korxona “A” juda ko‘p turlarga ega bо’lmagan tovarlarini ishlab chiqaradi va sotadi. Uning mijozlari uncha ko‘p emas. Tovarlarni sotish faqat bitta ombordan olish bilan amalga oshiriladi. Bunda tovarlar sotilishini avtomatik ravishda hisobga
    olish ikki yo‘l bilan bajariladi:

    • omborda qolgan tovarlar haqida tez ma’lumotni berish;

    • sotilgan tovarlarning oylik hisobotini berish.

    Korxona “B” o‘zining bir qancha joylarda omborlari bо’lib juda ko‘p xildagi tovarlarni sotuvga chiqaradi.
    Tovarlar sotuvini avtomatik ravishda nazorat qilish quyidagi yo‘llar bilan bajariladi:

      1. Omborda qolgan tovarlar haqida tez ma’lumot olish jumladan:

    • aniq bir ombor bо’yicha;

    • korxona bо’yicha

      1. Istalgan vaqt orasi uchun sotilgan tovarlar haqida hisobot olish, jumladan:

    • korxona bо’yicha; aniq bir ombor bо’yicha;

    • aniq bir mijoz bо’yicha;

    • mijozlar guruhi bо’yicha va boshqalar.

    Kо’rinib turubdiki bu A va B korxonalar uchun tuzilgan MB bir-biridan saqlanadigan ma’lumotlar turlari va ularning tuzilishi bо’yicha bir-biridan katta farq qiladi. Tovarlar sotuvini avtomatik ravishda nazorat qilishni amalga oshirish uchun omborxonadagi tovarlarni nomi, turlari, omborga kelib tushgan sanasi, sotilgan sansi, omborda ayni damda mavjudligi va hokazo belgilari boyicha strukturalangan holda saqlansagina oson bajarish mumkin. Berilganlarni bunday strukturalashgan ko‘rinishda saqlash, qayta ishlash va uzatishga mo‘ljallangan amaliy dasturlarni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataymiz.
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) bu ma’lumotlar bazasini tashkil etish, uni ma’lumotlar bilan to‘ldirish, tahrirlash va olish uchun zarur bo‘lgan dasturiy vositalar kompleksidir. Hozirgi kunda juda kо’p ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari mavjud. Ularga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:

    Bu ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBS) ko‘pchiligi o‘z dasturlash tillariga ham egadir.


    Zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining (MBBS) asosiy xarakteristikalari quyidagilardan iborat:

    • muloqotli rejimda jadval, forma, so‘rovnoma va hisobotlar tayyorlash imkonini beruvchi grafik interfeysga ega;

    • ma’lumotlar bazasini yaratishning muloqotli loyihalash vositalarining mavjudligi;

    • ustalar deb nomlanuvchi (masalan, forma ustasi) hamda ishlarni avtomatlashtiruvchi maxsus uskunaviy vositalarning mavjudligi;

    • ma’lumotlar bazasini butunligini saqlovchi vositalarning mavjudligi;

    • ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlovchi vositalarning mavjudligi (parollar bilan himoyalash, ruxsat berilgan murojaatlar);

    • ma’lumotlar bazasida har xil turdagi (matn, elektron jadval, rasmlar) obyektlardan foydalanish imkonini beruvchi OLE (Object Linking and Embedding) obyekt texnologiyasining mavjudligi;

    • ichki dasturlash tillarining mavjudligi;

    • SQL (Structured Query Language) strukturalashgan so‘rovnomalar tilini to‘liq qo‘llab-quvvtlash;

    • boshqa MBBTlari bilan integratsiyalanishi.

    Yoqiridagi hususiyatlarga ega bo‘lgan barcha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari berilganlar ustida asosan quyidagi 4 amalni bajaradi:

    1. Ma’lumotlar bazasiga bir yoki necha yozuvlarni qо’shish;

    2. Ma’lumotlar bazasidan bir yoki necha yozuvlarni о’chirish;

    3. Ma’lumotlar bazasida bir yoki necha yozuvlarni taxrirlash;

    4. Berilgan shartni qanoatlantiruvchi ma’lumotlarni bazadan qidirib topish




      1. Download 4,78 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




    Download 4,78 Mb.