|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 25/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
Bu yerda “Корень” – funksiyaning nomi, A1 – argument.
Agar funksiya bir nechta argumentga ega bo‘lsa, u holda har bir argumentdan so‘ng vergul qo‘yiladi. MS Excel dasturida 400 dan ortiq funksiya mavjud. Funksiyani kiritish uchun kerakli katak belgilab olinadi, klaviaturadan “=” belgisi kiritiladi, so‘ngra formulalar satrida joylashgan “Вставить функцию” buyrug‘i tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynada MS Excel dasturida mavjud funksiya sinflarining ro‘yxati paydo bo‘ladi.
Matematik funksiyalar. Aksariyat Excel foydalanuvchilari matematik funksiyalarga murojaat etishadi. Ularda algebraik hamda arifmetik amallarni bajarish imkoniyati mavjud bo‘lib, ular o‘quvchi, talaba, muhandis, olim va iqtisodchilar uchun juda qulay. Mazkur sinfga 80 ga yaqin matematik funksiyalar kiradi. Ulardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
“СУММ” funksiyasidan bir necha katakdagi ma’lumotlar yig‘indisini topishda foydalaniladi.
Funksiya sintaksisi:
=СУММ (1 argument; 2 argument;…)
Argument sifatida sonli ma’lumotni yoki katak diapazoniga murojaatni kiritish lozim. Kiritilgan jami ma’lumotlarning yig‘indisi belgilangan katakning natijasi hisoblanadi.
rasm. Argument sifatida sonli ma’lumotni yoki katak diapazoniga murojaatni kiritish
“СТЕПЕНЬ” funksiyasi berilgan sonning kerakli darajasini hisoblash uchun foydalaniladi.
Funksiya sintaksisi:
= СТЕПЕНЬ (“son”; “daraja ko‘rsatkichi”)
Bu funksiyada ikkita argument mavjud: “Son” hamda “Daraja ko‘rsatkichi”. Son argumenti o‘rniga sonning o‘zini yoki son joylashgan katak manzilini kiritish mumkin:
rasm. Son argumenti o‘rniga sonning o‘zini yoki son joylashgan katak manzilini kiritish
Matnli funksiyalar. MS Excel dasturi matnli ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini beruvchi turli funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ham ega. Matnli funksiyalar faqat matnli ma’lumotlarni qayta ishlash bilan chegaralanib qolmay, ularda sonli ma’lumotga ega kataklar bilan ishlash imkoniyati ham mavjud. Ulardan eng ko‘p foydalaniladiganlariga to‘xtalib o‘tamiz.
“ПСТР” funksiyasidan katakdagi matnli satrning belgilangan qismidan ma’lum miqdordagi belgilarni ajratib olib, ularni yangi katakka yozish uchun foydalaniladi.
Bunda so‘zlar orasidagi bo‘sh joy (probel) ham bitta belgihisoblanadi.
Funksiya sintaksisi:
= ПСТР (“Katak manzili”; “Son1”; “Son2”)
Bu yerda: “Katak manzili” – qayta ishlanishi kerak bo‘lgan matnli satr joylashgan katak manzili;
“Son1” – kesib olinadigan birinchi belgining joylashgan o‘rni; “Son2” – kesib olinadigan matnning uzunligi.
|
| |