|
§. ELEKTRON JADVAL MUHARRIRLARI
|
bet | 17/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT 3§. ELEKTRON JADVAL MUHARRIRLARI.
Umumiy tushunchalar. MS Excel dasturi imkoniyatlaridan foydalanib san’at sohasida oid sodda va murakkab strukturali jadvalli
hujjatlar tashkil etish.
Odamlar bajarayotgan ishlari ustidan doimo monitoring olib borishadi. Uning natijalari jamiyat va iqtisodiyot obyektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar hamda qarorlarni asoslash uchun xizmat qiladi. Monitoring olib borishda elektron jadvallardan foydalanish yaxshi samara beradi. Elektron jadval deganda, asosi jadvaldan iborat dasturiy ta’minot tushuniladi. Elektron jadvallarga matn va raqamli ma’lumotlarni kiritish, formulalar yordamida esa ushbu ma’lumotlar ustida hisob- kitoblarni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, elektron jadvaldan grafik va diagrammalar yaratishda ham foydalaniladi.
Jadval protsessorlari katta hajmdagi sonli ma’lumotlardan iborat turli ko‘rinishlar (statistik, moliyaviy va buxgalterlik hisobotlari)ni yaratish, ularni qayta ishlash imkoniyatlarini beradi. Odatda, bunday jadval protsessorlari elektron jadval deb ataladi. Foydalanuvchi ish faoliyatini tashkil etishda o‘zi uchun qulay elektron jadvaldan foydalanadi. Elektron jadvallar ko‘p jihatdan bir-biriga juda ham o‘xshash, shuning uchun ulardan birining ishlash prinsipini o‘rganish orqali boshqa dasturlar bilan ishlashni o‘rganish mumkin.
1982-yilda Microsoft kompaniyasi “Multiplan” deb nomlangan birinchi jadval protsessorini ishlab chiqdi. “Multiplan” CP/M operatsion tizimida qo‘llash bo‘yicha mashhur bo‘lsa-da, MS-DOS operatsion tizimida foydalaniladigan “Lotus 1-2-3” dasturidan sezilarli darajada ortda qolardi. Excelning birinchi ko‘rinishi Mac operatsion tizimi uchun 1985-yilda, Windows operatsion tizimi uchun esa 1987- yilning noyabr oyida ishlab chiqildi. 1993-yildan boshlab Excel dasturiga Visual Basicning qo‘shilishi Excel vazifalarini avtomatlashtirish imkoniyatiniyaratdi.
Elektron jadval yaratish uchun dastlab MS Excel dasturi ishga tushiriladi.
|
| |