Hujjatlarni formatlash paneli:
sahifa chegaralari; sahifa yo‘nalishi sahifa o‘lchamlari
Bu amallarni tez bajarish uchun Format panels (Панели форматирования) paneliga murojaat qilinadi yoki bu amallar Shrift (Шрифт) oynasida bajariladi. Buning uchun sichqonchaning o‘ng tugmachasi kerakli so‘z, belgi yoki fragment ustiga 1 marta bosiladi.
10-rasm. Formatlash paneli
Yaratilgan hujjat yoki unda bajarilgan amallar natijasini o‘chirib yubormaslik uchun, ularni tez-tez saqlab turish tavsiya etiladi. Hujjatlarni saqlashning bir necha usuli bo‘lib, ulardan birini tanlash mumkin.
Файл/Сохранить — faylni yangilaydi, ya’ni ekrandagi holatni saqlaydi.
Файл/Сохранить как — fayl nomi va kengaytmasini o‘zgartirish huquqini beradi.
3. piktogrammasi yordamida fayl saqlanadi.
1.3. Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash
Rasm, foto, surat, chizmalar orqali insonlarga juda ko‘p ma’lumotlarni yetkazish mumkin. Ayniqsa, biror voqea yoki hodisani tushuntirishda har kim har xil tasavvurga ega bo‘ladi. Rasmlar esa hujjatlarga nafaqat uyg‘unlik kiritadi, balki
uni chiroyli va ko‘rgazmali tarzda ifoda etadi. Kompyuter dasturlari bu yo‘nalishda juda katta imkoniyatlarga ega. Bunday dasturlar qatorida MS Word dasturi ham kiradi va unda rasmlar bilan ishlashning bir qancha imkoniyatlari bor.
MS Word dasturida rasm va grafik tasvirlarni hujjatga bir necha usul bilan yuklash mumkin:
Internetdagi rasmlar 5. “Вставка” bo‘limining
SmartArt shakllar oynachasi
“Вставка” bo‘limining obyekti
|