rasm. Modemning turlari.
Kompyuter universal mashina hisoblanib, har qanday yangi qurilmani tushunishi uchun uni qaytadan yaratishning hojati yo‘q, ular faqat qurilmalarga sozlanadi, xolos. Hozirgi kunda kompyuterning deyarli 50 dan ziyod qo‘shimcha qurilma va vositalari ta’lim, iqtisod, fan, tibbiyot, avtomobilsozlik, kosmonavtika, robototexnika kabi sohalarda keng va samarali qo‘llanilib kelmoqda.
rasm. Smart texnologiyalar
Axborot kommunikatsion texnologiya (AKT)lar rivojlanishining hozirgi bosqichida nafaqat an’anaviy ta’lim texnologiyalari, balki elektron ta’lim (e- learning) ham qanoatlantira olmaydigan ehtiyojlar kuzatilmoqda. Ayni vaqtda Elektron ta’lim tizimidan Smart (ingl. — aqlli, mushohadali, harakatchan) hamda Smart Education (aqlli ta’lim)ga o‘tish jarayoni kuzatilmoqda. Smart ta’limda yangi SmartPen (aqlli ruchka), SmartTable (aqlli taxta), SmartGlasess (aqlli ekran) kabi tushuncha va texnologiyalar qo‘llaniladi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Kompyuter nima?
Monitorlar haqida nimalarni bilasiz?
Tizim bloki qanday tashkil etuvchilardan iborat?
Klaviatura haqida nimalarni bilasiz?
Mikroprotsessor qanday qurilma?
Shaxsiy kompyuterlarni qo‘shimcha qurilmalarini sanab bering.
Necha xil printerlar mavjud?
Printerning vazifasi skanerning vazifasidan nimasi bilan farq qiladi?
Smart texnologiyalarga misollar keltiring
2§. MATNNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI.
Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari.
Hozirgi kunda hujjat yaratish, kitob, darslik, gazeta va jurnal, buklet va otkritkalarni nashrga tayyorlash va chop etishning yangi usul hamda vositalari qo‘llanilmoqda. Bunda elektron shakldagi hujjatlarni kompyuterda tez va oson usulda qayta ishlash, chop etish, ko‘paytirish yoki elektron pochta orqali jo‘natish imkoni mavjud.
Windows operatsion tizimi tarkibidagi Блокнот, Word Pad kabi matn ustida ishlovchi dasturlar qatorida Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilarga yanada qulaylik tug‘dirish maqsadida Microsoft Office (ofis paketi) deb ataluvchi dasturlar to‘plamini yaratdi.
1992-yilda yaratilgan bu ofis paketiga faqat 4 ta ilova: Word, Excel, PowerPoint va Mail dasturlari kiritilgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 10 taga yetdi. Chunki ofis paketi dasturlarining versiyalari kundan kunga o‘zgarib, takomillashib bormoqda. Microsoft Officening yangilangan versiyalari o‘zidan oldingi dasturlardan bir qator afzalliklari bilan farq qiladi: yangi avlod kompyuterlari, smartfon, telefon va brauzerlar uchun turli ilovalar, shuningdek, kelgusida ham o‘z xususiyatini yo‘qotmaydigan, modernizatsiyalangan yangi funksiyalar bunga misol bo‘la oladi.
|