Navoiy davlat pedagogika




Download 4,78 Mb.
bet10/114
Sana21.05.2024
Hajmi4,78 Mb.
#248030
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114
Bog'liq
SSAT

rasm. Printer turlari.


Shuningdek, printerlar rangsiz va rangli turlarga bo‘linadi. Kompyuterda yaratilgan yoki uning xotirasida saqlangan ma’lumotlarni chop etish uchun printer va plotterlardan foydalanilsa, aks jarayon, qog‘ozdagi rasm yoki matnlarni kompyuterga ko‘chirish uchun skaner deb nomlangan qurilmadan foydalaniladi.


Skaner qog‘ozdagi matn yoki tasvirni kompyuter xotirasiga kiritadi. Kompyuter esa xotirasiga olingan axborotni maxsus dasturlar yordamida qayta ishlashga yordam beradi.
Skanerlarning ham bir necha turi mavjud:
1) barabanli; 2) planshetli; 3) qo‘l skaneri.



    1. rasm. Skaner turlari.


Kompyuter turli ko‘rinishdagi axborotni qayta ishlovchi qurilma ekanligini avvalgi darslardan bilib oldik. Demak, kompyuter faqat matn, rasm va chizmalarnigina emas, balki tovushli axborot: musiqa, video va filmlarni ham uzatuvchi texnologiya hisoblanadi. Ammo bunday turdagi axborotni uzatishni ovoz kuchaytirgich, mikrofon yoki quloqchinlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.


Ovoz kuchaytirgich, mikrofon, quloqchin, musiqa aksessuarlari video yoki film shaklidagi axborot tovushlarini uzatish yoki yozib olish uchun qo‘llaniladi.



    1. rasm. Musiqa aksessuarlari.


Rang-barang reklama, gazeta va jurnallar, yer landshafti xaritalari, muhandislik chizmalari kabilarni oddiy printerda chop etishning imkoniyati yo‘q. Buning uchun maxsus chop etish uskunalari yaratilgan bo‘lib, ular plotter, 3d printer va keng formatli printerlar deb yuritiladi. Ular katta hajmdagi rasm va tasvirlarni chop etish qurilmasi hisoblanadi.





    1. rasm. Katta hajmdagi rasm va tasvirlarni chop etish qurilmalari.


Kundalik hayotimizda muhim o‘rin egallagan internet xizmatlarini MODEM deb ataluvchi qurilmasiz tasavvur etish qiyin. Uning asosiy vazifasi uzoq masofada joylashgan kompyuterlarga ma’lumotlarni telefon tarmog‘i orqali tez uzatish va qabul qilishdan iborat.


MODEM — tovushli (analog) signallarni raqamli signallarga va aksincha, raqamli signallarni tovushli signallarga o‘girib beruvchi qurilma.
Modemning ham bir necha turi mavjud:



    1. Download 4,78 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114




Download 4,78 Mb.