• CHakana narxlar.
  • Dotatsion narxlar.
  • Nufuzli narxlar.
  • Erkin narhlar.
  • Narxning shakllanish strategiyasi va usullari




    Download 7,72 Mb.
    bet147/277
    Sana17.12.2023
    Hajmi7,72 Mb.
    #121222
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   277
    Bog'liq
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

    3.Narxning shakllanish strategiyasi va usullari
    Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir.
    Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quydagi turlarga ajratiladi.

    • Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda, ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi.

    • CHakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlar. CHakana narx o‘z tarkibiga tovarning ulgurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi.

    • Xarid narxlari. Bu narxlar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga belgilanadi. Ayrim hollarda bunday narxlarga muayyan ustama va imtiyozlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

    • Dotatsion narxlar. Davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir.

    • Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.

    • Nufuzli narxlar. Aloxining yuqori daromad oluvchi qatlami harid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belglanadi.

    • Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k) baxosi sifatida chiqadi.

    Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

    • Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi.

    • Erkin narhlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.

    • Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilaganda, hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.


    • Download 7,72 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   277




    Download 7,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Narxning shakllanish strategiyasi va usullari

    Download 7,72 Mb.