|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti
|
bet | 195/277 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #121222 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlatAsosiy adabiyotlar
Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik. -T.:Sano-Standart, 2014. -304 b.
Maxmudov E.X. Ekonomika promыshlennыx predpriyatiy. Uchebnik. -T.-Iqtisodiyot – 2015 . -370 c.
Ivanov I.N., Belyaev A.M. i dr. Proizvodstvennыy menedjment. Uchebnik dlya bakalavrov/ pod. red. I.N. Ivanova. -M.:YUrayt, 2013. -574s.
Ulashev I.O., Atamurodov SH.A. Korxona iqtisodi va menejmenti. -T.: Tafakkur bo‘stoni, 2013.
N.A.Xashimova. Antikrizisnoe upravlenie predpriyatiem. Uchebnoe posobie -T.-Tafakkur qanoti 2016/ -284 b;
N.X.Gulyamova. Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti. O’quv-uslubiy qo’llanma.T.: 2013.148 b.
G.Taraxtiyeva. Innovatsion menejment. O’quv qo’llanma. T.: “Fan va texnologiya” , 2013. 208 b.
G.K.Taraxtiyeva, N.H.Gulyamova, K.S.Ibragimova “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy qo’llanma. 2018.
3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni
3.1.Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari
3.2. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,
shakllari va usullari
3.3. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash usuli
3.4. Optimal ishlab chiqarish hajmi va sotish
3.5.Mahsulot sifati
Ishlab chiqarish — bu, jamiyat a’zolarining yashashi, mamlakatning rivoji, taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish jarayonidir. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida ishlab chiqarish bo‘lgan va kelgusida ham bo‘ladi. Jamiyat iste’mol qilmasdan tura olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Ishlab chiqarish jamiyat miqyosida ro‘y boradi. Ishlab chiqarish jamiyat miqyosida ro‘y bergani tufayli uni ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataydilar. Ijtimoiy ishlab chiqarshi o‘zining bir-birini taqozo qiluvchi ikki tomoni - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ifodalanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning xarakteri ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarining qo‘shilish xarakteriga qarab belgilanadi.
|
| |