TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI




Download 55,43 Mb.
bet2/24
Sana17.01.2024
Hajmi55,43 Mb.
#139587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Тажриба (ЭТМ-узб) 2-kurslar

TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI
Mustaqil ish boshlashdan oldin talabalar texnika xavfsizligi qoidalari bilan puxta tanishishlari va keyinchalik ham ularga qat'iy amal qilishlari lozim.
Tajriba mashg’ulotlarini bajarishlari uchun talabalar quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur:
1. Birinchi tajriba mashg’ulotida har bir talabaga butun o’quv yarim yilligi (semestri) davomida bajariladigan ishlarning aniq muddati belgilangan jadval beriladi.
2. Tajriba xonasiga talabalar navbatdagi mashg’ulot ishlariga puxta tayyorgarlik ko’rgan holda kelishlari, ya’ni qilinadigan ishning mazmuni va maqsadi, bajarish tartibini bilgan holda, sxemalarni tuzish va kuzatuv natijalarini yozib olish uchun ham oldindan hozirlik ko’rgan bo’lishlari lozim.
3. O’qituvchi har bir tajriba ishiga kirishishdan oldin uning mazmuni va bajarish tartibi bo’yicha talabalarning tayyorgarlik darajasini birma-bir so’rab-surishtirib chiqishi kerak. Mashg’ulotga tayyorlanmagan yoki darsga kechikkan talabalar amaliy ishga qo’yilmaydi.
4. Tajriba xonasida tajriba ishi mashg’ulotlari belgilangan maxsus joylarda, alohida ajratilgan asbob va qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ish joyidagi asbob uskunalar o'rnini ruxsatsit o'zgartirish qat'iyan man etiladi.
5. Talabalar bajariladigan amaliy ishning sxemalarini yig’ishdan oldin qo’llaniladigan asbob va qurilmalarni ishlatish tartibini ko’rsatuvchi qo’llanmalar bilan tanishishlari kerak. Tajriba ishlarini bajarishda qo’llanilgan asbob-uskunalarning texnik tavsifini daftarga qayd etishlari lozim. Bulardan tashqari ular daftarga amaliy ishni bajarish uchun kerak bo’lgan asosiy sxemalarni chizib, o’lchash natijalarini yozish va hisoblash uchun zarur bo’lgan jadvallarni ham hozirlab qo’yishlari kerak. Talabalar tajriba ishlarini bajarishlari uchun zarur hisob-kitoblarni tavsiya qilingan adabiyotlardan, shuningdek, o’qituvchidan olingan ma’lumotlar asosida oldindan hisoblab, chamalab qo’yishlari lozim.
6. Sxemalar o’qituvchi tomonidan tekshirilib, ularning to’g’ri ekanligi ta’kidlangandan keyingina, ularni yig’ishga kirishish kerak.
7. Talaba tajriba ishini tugatgach, bajargan ish natijalari yozilgan daftarni o’qituvchiga ko’rsatishi va qayd etilgan ma’lumotlarning to’g’ri ekanligi haqida tasdiq olishi zarur.
8. Har bir talaba navbatdagi mashg’ulotga kelganda o’tgan tajriba ishi bo’yicha yozma ravishda hisobot tuzib, uni qoidasi bilan rasmiylashtiradi, so’ngra uni o’qituvchisiga ko’rsatadi. Hisobot to’g’ri bajarilganligi tasdiqlangandan keyin talaba sinov savollariga javob beradi.
9. Talabalarning tajriba ishlari bo’yicha tayyorlagan hisobotlari ishning qisqacha bajarilish tartibi, asbob-uskunalarni ulash sxemalari, ish natijalari yozilgan jadvallar, vektor diagrammalar va qo’llanilgan o’lchash asboblari hamda uskunalarining qo’llanma ko’rsatkichlari kabi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.
10. Ushbu qoidalarni buzgan talabalar tajriba mashg’ulotidan chetlashtiriladi.

Download 55,43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 55,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI

Download 55,43 Mb.