• Yuk ko’taruvchi kranlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bilan band bo’lgan elektrchilangarlar va elektrmontyorlar uchun mehnat muhofazasi bo’yicha
  • Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Yuk ko’taruvchi kranlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bilan band bo’lgan elektrchilangarlar va elektrmontyorlar uchun mehnat muhofazasi bo’yicha




    Download 30.97 Kb.
    bet1/3
    Sana18.05.2023
    Hajmi30.97 Kb.
    #61362
      1   2   3
    Bog'liq
    KL-Инструкция 8-73 по ОТ для электрослесарей и электромонтеров, занятых на тех.обслуживание и ГП кранов
    75c152257cc077c7a9851e4698e4f79c SHTURM-LIUVILL MASALASI. XOS SON VA XOS FUNKSIYALAR , Matematik-damino-oyini, 1. Agar shu munojot rost bo‘lsa agar, Agar aldamasa shu sovuq si, Matematika-Turkmen , R.Djabbarova koshe, Geografiya, 1-laboratoriya ishi, 17-mavzu. Informatika ta’limida o quvchilar bilish faoliyatini f, 1. G\'oyalar xilma-xilligi Demoktratiya va milliy g\'oya-fayllar.org, TEMURBEK BOLIBEKOV, 9-mavzu, talab takif va bozor, Language Processors, 21. 02.Axborot xati TAFU

    Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati


    Yuk ko’taruvchi kranlarni ta’mirlash va
    texnik xizmat ko’rsatish bilan band bo’lgan
    elektrchilangarlar va elektrmontyorlar uchun
    mehnat muhofazasi bo’yicha
    8-73-sonli
    YO’RIQNOMA

    “Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman”


    1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi
    ____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil
    «____»_______________yil «____»______________yil


    Yuk ko’taruvchi kranlarni ta’mirlash va texnik xizmat
    ko’rsatish bilan band bo’lgan elektrchilangarlar va
    elektrmontyorlar uchun mehnat muhofazasi bo’yicha
    8-73-sonli
    YO’RIQNOMA
    I. Xavfsizlikning umumiy talablari

    1.1. Ushbu yo’riqnoma yuk ko’taruvchi kranlarda elektr jihozlarini ta’mirlash va ularda texnik xizmat ko’rsatish ishlarini bajaruvchi elektrchilangarlar va elektrmontyorlar uchun mo’ljallangan.


    1.2. Yuk ko’taruvchi kranlar elektr jihozlarini ta’mirlash va ularda texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni bajarishga ruxsat beriladigan shaxslar:
    - 18 yoshdan kichik bo’lmaganlar;
    - tibbiy ko’rikdan o’tganlar;
    - kasbiy malakaga ega, ishning xavfsiz usullari va yo’llari bo’yicha o’qigan, imtihon topshirgan va belgilangan shakldagi guvohnomaga ega bo’lganlar;
    - xavfsizlik texnikasi bo’yicha 3-dan past bo’lmagan malakaviy guruhga ega bo’lganlar;
    - kirish instruktajini, shuningdek bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo’yicha instruktajni o’tganlar.
    1.3. Balandlikka chiqish ishlarida mustaqil ishlash uchun 18 yoshdan kichik bo’lmagan, tibbiy ko’rikdan o’tgan va yaroqli deb topilgan, balandlikka chiqish ishlarida bir yildan kam bo’lmagan ish tajribasiga ega va uchinchi razryaddan past bo’lmagan tarif razryadiga ega shaxslarga ruxsat etiladi.
    1.4. 18 yoshgacha bo’lgan texnika kasb-hunar o’quv muassasalari o’quvchilari va umumta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilariga yuk ko’taruvchi kranlarni ta’mirlash va ularda xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni bajarishni ko’zda tutuvchi elektrchilangar va elektrmontyor kasbi bo’yicha ishlab chiqarish amaliyotini (ishlab chiqarish o’quvini) o’tashda, ushbu amaliyotni o’tish uchun rahbarlik qilishga qo’yilgan qurilish-montaj tashkiloti ishchisi va ishlab chiqarish ta’limi ustasi rahbarligi va nazorati ostida bir kunda 4 soat ishlashga ruxsat etiladi.
    1.5. Yuk ko’taruvchi kranlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha elektrchilangarlarni va elektromontyorlarni ishga tayinlash va ishlashga ruxsat berish bo’linma buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
    1.6. Elektrchilangar quyidagilarga majbur:
    - ichki mehnat tartibi qoidalarini bajarish;
    - ish vaqtida o’zi bilan birga mehnatning xavfsiz usullari va yo’llari bo’yicha bilimlari sinovdan o’tganligi to’g’risidagi guvohnomani olib yurish;
    - ushbu yo’riqnoma talablarini bajarish;
    - berilgan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va sinalgan saqlagichli moslamalardan foydalanish;
    - qurilish maydonchasida bo’lganda himoya kaskasidan foydalanish;
    - yuk ko’taruvchi kranlar elektr jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlar uchun tavsifli bo’lgan xavfli ishlab chiqarish omillarini bilish;
    - jabrlanganni tok ta’siridan xalos qilish usullarini va birinchi yordam ko’rsatish usullarini bilish;
    - yong’in xavfsizligi talablarini bajarish;
    - ishni xavfsiz bajarishning imkoni bo’lmaydigan barcha nosozliklar haqida bevosita ish rahbariga xabar berish;
    1.7. Elektrchilangarga (elektrmontyorga) quyidagilar ta’qiqlanadi:
    - ish joyida begona shaxslarni kiritish;
    - mast holatda ishga kelish va ishda spirtli ichimliklar ichilishiga yo’l qo’yish;
    - chekish uchun maxsus ajratilmagan joylarda chekish;
    1.8. Adliya Vazirligida 07.01.2000 yildagi 870-raqam bilan qayd etilgan
    -O’zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to’g’risidagi Qonunni;
    -xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunini;
    -“Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalarini ishlab chiqish to’g’risida Nizom”ning talablarini bilishi shart.
    1.9. Ushbu yo’riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi. Bunda aybdor belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.



    Download 30.97 Kb.
      1   2   3




    Download 30.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Yuk ko’taruvchi kranlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bilan band bo’lgan elektrchilangarlar va elektrmontyorlar uchun mehnat muhofazasi bo’yicha

    Download 30.97 Kb.