|
Tuzuvchi:
Qurbonova O’.U. – Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar
|
bet | 58/75 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 383,84 Kb. | | #136261 |
Bog'liq Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)Tuzuvchi:
Qurbonova O’.U. – Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Adizov B.R. – BuxDU huzuridagi PKQT va UMO mintaqaviy markazi direktori professor, pedagogika fanlari doktori
Olimov Sh.Sh. – pedagogika kafedrasi mudiri, professor, pedagogika fanlari doktori
Kirish
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Yangi sharoitlardan kelib chiqib, “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga, “2017-2021-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetenstiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv- metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish taqozo etadi.
“Pedagogik kompetentlik va kreativlik” fanining ishchi o’quv dasturi ta’limda zamonaviy yondashuvlar, kasbiy mahoratni oshirish yo’llari, innovastiyalarning mazmun, mohiyatini yoritib, kasbiy kompetenstiyasini rivojlantirish uchun imkon yaratadi.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi: talabalarning pedagogik kompetentlik, pedagogik mahorat asoslari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishdan iborat. Zero, zamonaviy sharoitda pedagog o’qituvchisi ijtimoiy jarayonlarning faol ishtirokchisi sifatida har tomonlama etuk shaxs, mutaxassis bo’lishi, uzluksiz ta’lim tizimi samaradorligini oshirishda jonbozlik ko’rsatishi lozim.
|
| |