|
Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari
|
bet | 24/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari45. Buyrak usti bezlari.
Buyrak usti bezlari (glandula syprarenalis) — odam va umurtqali hayvonlarning ichki sekresiya bezi; ikkala (oʻng va chap) buyrak ustida joylashgan juft bez (nomi shundan kelib chiqqan). Uning oldi, orqa va pastki yuzalari farq qilinadi, ogʻirligi 3— 5g. Buyrak usti bezlari b. tashqi—poʻstloq qavati (adrenokortikal bez) va ichki — magʻiz qavati (adrenal bez)dan iborat boʻlib, har ikkala qavat strukturasi va funksiyasi alohida ichki sekresiya bezlari hisoblanadi.
Poʻstloq qavati kimyoviy tuzilishiga koʻra steroidlar qatoriga kiradigan, taʼsiri jihatdan farq qiladigan 3 xil gormon ishlab chiqaradi, shiralari qonga shimiladi. Ushbu gormonlar xolesterin va askorbin kislotadan sintezlanadi.
Mineralokortikoidlar (aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron) — mineral almashinuvini boshqaradi, bularning eng faoli aldosteron organizmda suv-tuz almashinuvi jarayoniga taʼsir etadi. Glyukokortikoidlardan gidrokortizon oqsil, yogʻ va uglevod almashinuvida qatnashadi, organizmning kasallikka qarshilik kuchini oshirib, yalligʻlanishning tez tuzalishiga olib keladi. Buyrak usti bezlari b. poʻstloq qavatining jinsiy gormonlari — androgenlar va estrogenlar jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi, bolalik davrida jinsiy aʼzolarning rivojlanishini taʼminlaydi; balogʻat yoshiga yetganda bu gormonning ahamiyati kamayadi. Buyrak usti bezlari magʻiz qavatida adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlanadi. Ular nerv oxirlariga taʼsir etib, yuraktomir sistemasi ishini tartibga solib turadi. Buyrak usti bezlari b.ning shikastlanishi turli kasalliklar (masalan, Bronza kasalligi)ga olib keladi. Buyrak usti bezlari b. faoliyatini nerv sistemasi va bosh miya poʻstlogʻi idora etadi.
46. Jinsiy bezlar va uning organizmdagi ahamiyati.
Jinsiy bezlar, gonadalar - odam va hayvonlarda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) hamda jinsiy gormonlarni hosil qiluvchi aʼzolar. J. b. jinsni belgilaydi. Ayollar jinsiy bezi tuxumdon odamda kichik chanoq boʻshligʻida, koʻpchilik sut emizuvchilarda buyrakning orqa Femida joylashgan. Tuxumdonning poʻstloq va magʻiz (miya) qavati boʻlib, unda koʻplab follikulalar mavjud, ularning har birida bitta tuxum yetiladi. Tuxumdonda estrogenlar, progestinlar, relaksin va b. gormonlar hosil boʻladi. Erkaklar jinsiy bezi — moyak odamda va talaygina sut emizuvchilarda urugʻ xaltachasi (yorgʻoq)da, boshqa hayvonlarda qorin boʻshligʻida joylashgan. Moyakda testosteron va b. gormonlar ishlab chiqaradigan erkak jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va b. maxsus xujayralar yetiladi.
Umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning boshqa vakillarida J. b.ning joylanishi va tuzilishi xilmaxil. J. b.ning sekretor faoliyati gonadatrop gormonlar orqali boshqariladi.
|
| |