|
Gipofiz bezi[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
bet | 22/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari Gipofiz bezi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Endokrin tizimdagi asosiy bez no'xat kattaligidagi gipofiz bezi bo'lib, u o'rta kranial chuqurchada suyak bo'shlig'ida joylashgan va endokrin tizimning ko'p qismini boshqaradi
Oshqozon osti bezi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qorinning yuqori qismida oshqozon orqasida joylashgan oshqozon osti bezi endokrin va ekzokrin qismdan iborat yagona bez hisoblanadi. U asosan ikkita organdan iborat. Endokrin qismi - Langergans orolchalari - insulin va glyukagon ishlab chiqaradi.
41. Ichki sekretsiya bezlarining organizm faoliyatini boshqarishdagi funktsional ahamiyati.
42. Miya bezlari (eppifiz va gippofiz) va uning funktsiyasi.
Gipofiz (lotincha: hypophysis — oʻsiq), bosh miyaning pastki ortigʻi — odam va umurtqali hayvonlar inki sekresiya bezlaridan biri; u kalla suyagi asosidagi turk egarida joylashadi boʻlib, gipofizar oyoqcha deb atalgan maxsus tuzilma orqali bosh miya bilan birikkan. Oʻrta boʻlak toʻqimalarda melanin pigmentining hosil boʻlishi va taqsimlanishini, koʻzning toʻr pardasida esa koʻruv purpurini tartibga solib turadigan gormon ishlab chiqaradi. Orqa boʻlak ancha kichik va miya gipofizar oyoqchasining goʻyo davomi hisoblanadi. Unda bezsimon toʻqima boʻlmaydi va tuzilishiga koʻra nerv toʻqimasiga juda uxshab ketadi. Shu sababli u neyro-gipofiz deb ataladi; bu boʻlak gormonlar ajratmaydi; u gormonlarning oʻziga xos yigʻiladigan joyidir; bu yerda vazopressin va oksitotsin gormonlari tuplanib boradi, bular gipotalamus yadrolarida hosil boʻlib, u yerdan Gipofizning orqa boʻlagiga tushadi. Gipofiz gormonlari oqsildan tashkil topgan, ularning kimyoviy tuzilishi aniqlangan va koʻpchiligi sintez qilingan. Ular endokrin va b. kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Moddalar almashinuvi, gormonal regulyatsiya va oʻsishni nazorat qilishda Gipofizning ahamiyati muhim. Epifiz (yun. — ortiq, doʻmboq):
miyaning yuqori qismidagi oʻsimta, "gʻuddasimon bez". Odam va umurtqali hayvonlar oraliq miyasining yuqori yuzasida joylashgan. E., asosan, yosh individlarda yaxshi rivojlangan. Eksperimental va klinik kuzatishlar E.ning olib tashlanishi yoki strukturasining oʻzgarishi erta jinsiy yetilishga va anormal oʻsishga sabab boʻlishini koʻrsatadi;
uzun naysimon hochoq suyaklarning boʻgʻim uchlari. Epifiz yoki gurrasimon bez(glandula pinealis) cho'zinchoq yoki sharsimon shakllarda uchraydi. Epifizda 2 xil modda - serotonin va melotonin hosil bo'ladi. Serotonin arteriyalarni toraytirib, mediator vazifasini bajaradi. Melotonin esa jinsiy bezlar taraqqiyoti uchun fiziologik tormoz vazifasini bajaradi. Epifizning buzilishi bolalarda erta jinsiy balog'atga yetishga olib keladi.
|
| |