|
Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari
|
bet | 30/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblariO'quv binosi transport qatnovi katta bo'lgan yo'l yaqiniga, shovqin, tutun va chang chiqariladigan zavod, fabrika va boshqa kinoteatr, bozorlardan uzoqroqda qurilishi kerak.
SHahar joylarida maktab bilan o'quvchilarning uyi o'rtasidagi masofa 1-1,5 km dan oshmasligi kerak. Qishloq joylarida esa bu masofa 3-5 km dan oshgan bo'lsa maxsus transport ajratilishi kerak.
Umumiy o'rta ta'lim maktab yer uchastkasining sathi kamida 1,7-3,0 gektar bo'lishi kerak. Atrofdagi yer sathiga nisbatan maktab joylashgan joy biroz balandroq bo'lsa yomg'ir suvlarining oqib ketishiga qulaylik tug'iladi. Bu joyning tuprog'i quruq bo'lmog'i kerak. O'quv binosi bilan ko'cha o'rtasida 15-20 m kenglikda manzarali daraxtlar ekiladi. Bu uchastka himoya zonasi deyiladi. U o'quv binosini ko'cha shovqini, shamol va changdan to'sib turadi.
Axlat to'planadigan yashik, hojatxona va xo'jalik zonasi o'quv binosidan 25 m masofada joylashishi kerak.
Sinf xonasi tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,07-0.1 protsentdan oshmasligi kerak, aks holda talabalar nerv sistemasining tez charchab qolishiga va o'zlashtirishining pasayishiga sabab bo'ladi. Harorati 18-27 C, nisbiy namlik 40-60 % ga teng bo'lishi kerak.
Xona jihozlari: parta, doska va boshqalar talabalarning yoshiga moslashgan bo'lishi kerak. Bu narsa yoshlarni mashg'ulotlar bajarishi uchun qulay bo'ladi, uning gavdasi, ko'krak qafasi, umurtqa pog'onasi normal taraqqiy etadi.
O'quv maskanlarida fizika ximiya laboratoriya kabinetlari 1 yoki 2 o'rinli stol - stullar bilan jihozlanadi. Stol elektr shtepsellari, gaz va suv krani bilan ta'minlanadi. Havoni tozalab to'rish uchun murili shkaf bilan ta'minlanishi kerak.
53. Suyakning kimyoviy tarkibi, fizik xossalari va tuzilishi.
Suyakning kimyoviy tarkibi, fizik xossalari va tuzilishi.
Suyak asosan suyak to’qimasidan tuziladi. Suyakning sirti suyak ust pardasi bilan qoplangan bo`ladi, bu parda bolalarda juda pishiq, hatto suyak singanda ham yirtilmaydi. Suyak usti parda bilan suyakning faqatgina bo’g`in yuzalari qoplanmaydi xolos. Suyak parda ko`p miqdordagi qon tomirlar, nervlar bilan ta'minlangan, bular suyak ust pardadagi teshiklar orqali suyakning ichki qismiga o`tadi. Suyak shikastlanganda va kasallanganda suyak usti parda xujayralarining hisobiga suyak qayta tiklanadi. Suyak usti pardadagi bog`lamalar va muskullar birikadi Suyak usti pardaning tagida suyakning kompakt qavati yoki zich qavati bo`ladi. Kompakt qavatining tagida g`ovak qavat bo`ladi. Uzun suyakning ichki qismida suyakning butun uzunligi bo`yicha bo`shliq bo`ladi. Yangi to`g`ilgan va ko`krak yoshidagi bolalarning uzun naysimon suyagining bo`shliq qismida qizil ilik bo`lib, o`sish protsessida qizil ilikning o`rnini sariq ilik egallaydi. Naysimon suyaklarning ikki uchida, ba'zida yassi suyaklarda 15 yoshgacha qizil ilik saqlanadi. Suyaklar shakli va tuzilishiga qarab, naysimon, yassi, kalta va aralash suyaklarga bo`linadi. Naysimon suyaklar qo`l-oyoq skeletining tarkibiga kiradi.
Naysimon suyaklar orasida uzun (yelka suyagi, bilak, tirsak suyaklari, son suyagi, boldir suyaklari) va kalta suyaklar (qo`l kafti, oyoq kafti suyaklari, barmoq suyaklari) bor. Har bir naysimon suyakning tanasi (daifizi) va ikki uchi (epifizlari) tafovut qilinadi. Yassi suyaklarning shakli turli xil bo`ladi. Ularga kallaning qoplovchi suyaklari, ko`krak va chanoq suyaklari kiradi. Aralash suyaklar turli shaklga ega bo`lgan. Suyaklarning yuzasida g`adir-budur dumboq, qirra teshiklar, egatlar bo`ladi. Bularga muskullar, paylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar, nervlar o`tadi. Suyak qo`shuvchi to`qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organik va anorganik moddalardan iborat. Suyakning organik moddasiga osseyn deyiladi, suyak tarkibining 1F3 qismini organik 2F3 qismini anorganik modda tashkil etadi. Agarda suyakni bir qismini xlorid yoki nitrat kislotaga solib qo`yilsa, bir necha vaqtdan so`ng yumshoq va elastik bo`lib qolganini ko`ramiz. Suyak olovda kuydirilsa, organik moddalari kuyib ketishi tufayli mo’rt bo`lib qoladi. Suyakning elastikligi osseyn borligiga kattikligi esa anorganik moddalarga bog`liqdir. Suyakda organik va anorganik moddalar borligidan elastik va qattiqdir. Yosh ulg`ayishi bilan suyakning osseyn va anorganik moddalar miqdori o`zgarib boradi. Bolalarda organik moddalari ko`proq. Shuning uchun ularning suyagi elastik bo`ladi. Yosh ulg`aygan sari anorganik moddalar miqdori ortib boradi, shuning uchun ularning suyagi murt bo`lib qoladi. Yosh ulg`ayishi bilan suyakda kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar nisbatan o`zgaradi. Kichik bolalar suyagining tarkibida ko`proq kalsiy, katta maktab yoshidagi bolalarning suyagi tarkibida fosfor tuzlari ko`p bo`ladi. Bolaning 7 yoshida naysimon suyaklarning tuzilishi katta odamlarnikiga o`xshaydi. Lekin 10 – 12 yoshda suyakning g`ovak moddasi intensiv o`zgaradi. Bolaning yoshi qancha kichik bo`lsa, suyak ustidagi po`stlog`i zich qavatga yopishgan bo`ladi. Bolaning 7 yoshida suyak ustligi zich qavatdan ajralib turadi. 7 – 10 yoshgacha naysimon suyaklarning ilik qismini o’sishi sekinlashadi. 11 – 12 yoshlardan 18 yoshgacha naysimon suyaklar to’liq shakllanib bo`ladi.
|
| |