• 55. Ko‘krak qafasi skileti va uning tuzilishi. Koʻkrak qafasi
  • Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari




    Download 193,62 Kb.
    bet31/50
    Sana14.05.2024
    Hajmi193,62 Kb.
    #231277
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
    Bog'liq
    Ёш физ. назорат javoblari

    54. Bosh skeleti va uning tuzilishi.
    Bosh suyagibosh skeleti (lotincha: cranium) — umurtqali hayvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda kalla suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan kism — liqildoklar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun kalla suyagining miya qismi (kalla suyagi qutisi) katta, yuz qismi pastga choʻzilgan, hayvonlarda esa yuz qismi oldinga choʻzilgan boʻlib, kalla suyagining asosiy qismini tashkil etadi. Kalla suyagi miya va u bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab turadi. Bulardan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan nafas sistemasining boshlanish qismi — burun boʻshligʻi, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi — ogʻiz boʻshligʻi va eshitish hamda muvozanatni saqlash aʼzolari joylashgan.
    Kalla suyagi ning miya boʻlimi tepa tomondan kalla qopqogʻi bilan chegaralangan boʻlib, ichida bosh miya joylashadigan kalla boʻshligʻidan iborat. Kalla boʻshligʻi umurtqa kanalining kengaygan uchi boʻlib, u yerda bosh miya pardalarga oʻralgan holda joylashgan. Kalla tubidagi teshiklar orqali nervlar (koʻruv, hidlov, uchlik, yuz, eshituv nervlari va b.) va qon tomirlari (uyqu arteriyalari, boʻyinturuq venalari) oʻtadi. Chakka suyagida oʻrta quloq boʻshligʻi va ichki quloq bor. Kalla suyagi ning oʻrtasi asosidagi turk egarida gipofiz yotadi. Ensa suyagida uzunchoq miya joylashgan. Kalla suyagi asosidagi eng katta teshik — ensa t ye sh i g i orqali uzunchoq miya orqa miyaga tushadi.


    55. Ko‘krak qafasi skileti va uning tuzilishi.
    Koʻkrak qafasi – sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchi hayvonlar va odamda toʻsh suyagi yordamida koʻkrak umurtqalariga qovurgʻalar birikishidan hosil boʻlgan bir butun tuzilma. Odamda koʻkrak qafasi yassi konusga oʻxshaydi. Koʻkrak qafasining yon, old va orqa devori bor. Yon va oldingi devorlari 12 juft qovurgʻadan hosil boʻladi; oldinda qovurgʻalar uchi toʻsh suyagiga kelib taqaladi; orqa devorning oʻrtasi umurtqa pogʻovasining koʻkrak boʻlimidan iborat. Koʻkrak qafasining yuqorisidagi tyoshikdan koʻkrak boʻshligʻiga traxeya, qiziloʻngach, qon tomirlari va nervlar oʻtadi, pastdan diafragma chegaralab turadi. Koʻkrak qafasida oʻpka, yurak va tomirlar joylashgan. Nafas olganda Koʻkrak qafasi kengayadi, ayni vaqtda boʻylama, old-orqa va koʻndalang hajmi kattalashadi. Koʻkrak qafasining hajmi va shakli yosh, jins va kasbga qarab turlicha. Koʻkrak qafasi chaqaloqlarda piramida shaklida, ayollarda pastki teshigi, boʻyi kaltaroq boʻladi.[1]



    Download 193,62 Kb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




    Download 193,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari

    Download 193,62 Kb.