• 78. Ovqatdan zaharlanish va uning turlari. Ovqatdan zaharlanish
  • Mineral moddalar va ularning organizmdagi ahamiyati




    Download 193,62 Kb.
    bet39/50
    Sana14.05.2024
    Hajmi193,62 Kb.
    #231277
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
    Bog'liq
    Ёш физ. назорат javoblari

    76. Mineral moddalar va ularning organizmdagi ahamiyati.
    77. Ovqatlanish va uning tartibi.
    Ovqatlanish — organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi. Toʻgʻri O. barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va boshqa kasalliklarda alohida tuziladigan ratsion hamda O. rejimi davo shartlaridan hisoblanadi (qarang Parhez bilan davolash).
    Ovqat organizmning uygʻun ravishda rivojlanishi hamda bir meʼyorda ishlab turishini taʼminlay oladigan boʻlishi kerak, buning uchun ovqat ratsionining miqdori va sifati, kishining kasb-kori, yoshi, jinsiga tegishli ehtiyojlarga monand kelishi lozim. Organizmning fiziologik ehtiyojlari turli shart-sharoitlarga bogʻliq. Bularning koʻpchiligi doimo oʻzgarib turadi. Shu sababli hayotning har bir fursati uchun aniq toʻgʻri keladigan ovqat boʻlishi amalda mumkin emas. Biroq odamda maxsus regulyator (bosh-qaruv) mexanizmlar boʻlib, ular maz-kur paytda oʻziga kerakli miqdordagi zarur oziq moddalarni yeyilgan ovqatdan ajratib oladi va oʻzlashtiradi. Lekin organizmdagi moslashtiruvchi regulyator qobiliyatlarning ham maʼlum chegarasi bor; bolalar va keksalarda ular ancha cheklangan. Bundan tashqari, bir qancha oziq moddalar, mas, vitaminlar, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalarni (qarang Oqsillar) odam organizmi moddalar almashinuvi jarayonida hosil qila (sintezlay) ol-maydi. Bu moddalar organizmga ovqat bilan tayyor holda kirib turishi kerak, aks holda sifatsiz O. natijasida kasalliklar paydo boʻladi.


    78. Ovqatdan zaharlanish va uning turlari.
    Ovqatdan zaharlanish - mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda vujudga keladigan kasallik. Aksariyat birdan koʻpchilik kasallanadi, lekin bemorlardan sogʻlom odamga yuqmaydi. Koʻpincha stafilokokklar, enterokokklar, ayrim ichak tayoqchalari, protey, sitrobakter, iyersiniya, klostridiya va boshqa mikroblar sabab boʻlishi mumkin. Quyidagi 2 holat Ovqatdan zaharlanish uchun umumiy hisoblanadi: 1) mikrob tushib koʻpaygan ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibati; 2) bemor organizmiga mikrobning oʻzi va uning toksini taʼsiri. Ovqatdan zaharlanish yoz oylarida koʻp uchraydi. Kattalarga nisbatan bolalar, ayniqsa, 3 oylikdan 2 yoshgacha boʻlgan bolalar koʻproq kasallanadi. Odam koʻproq urinib qolgan goʻsht va uning mahsulotlari, sut mahsulotlari (ayniqsa, tort va pirojnoye), baliq, tovuq goʻshtini isteʼmol qilganda zaharlanishi mumkin. Stafilokokklar sabab boʻlgan hollarda infeksiya manbai odam hisoblanadi. Angina yoki turli yiringli kasalliklar: sachratqi, chipqon, hasmol va boshqa yiringli yaralar boʻlgan kishilardan mikrob tayyor mahsulotga oʻtib, tez koʻpayadi. Uni bilmay isteʼmol qilgan kishi darhol zaharlanadi. Kasallikning yashirin davri 2—3 so-atdan 3 kungacha. Kasallik toʻsatdan koʻngil aynishi va qusish bilan boshla-nadi, ich ketadi, qorinda tutash ogʻriq boʻladi. Qisqa vaqt ichida bemor orga-nizmi suvsizlanadi, u holsizlanib qoladi. Yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. Ayniqsa, klostridiyalar sababli roʻy beradigan zaharlanish ogʻir kechadi. Kasallikkatashhis qoʻyish uchun bemorning qusuq massasi, meʼdani chayilgan suvi sterillangan bankaga yigʻilib lab.ga yuboriladi. Zaharlanishga sababchi deb gumon qilingan ovqat mahsulotlari ham lab.da tekshiriladi. Najasdan Myuller muhiti va tuzli eritmaga ekma olinadi. Tekshirishga olingan turli ekmalardan bir xil mikrob topilishi, oʻsha kasallik sababchisi ekanidan dalolat beradi. Kasallikning 5—6-kunidan boshlab bemor qoni zardobi bilan ajratib olingan mikrob kulturasi aralashtirilib agglyusinatsiya reaksiyasi qoʻyiladi. Reaksiyaning 1:40 nisbatda va undan yuqori suyultirishda ijobiy natija berishi ushbu mikrob kasallik sababchisi ekanidan darak beradi. Ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar va intoksikatsiyalarnn Ovqatdan zaharlanishdan farq qila bilish kerak. Davo kasallikning dastlabki alomatlari paydo boʻlganida tez yordam sifatida meʼdani 2% li soda yoki nimrang kaliy permanganat erit-masi bilan chayish, ichakni tozalashdan iborat. Regidron, bektit preparati eritmasini ichirib turish kasallik ogʻirlashishining oldini oladi. Ogʻir-roq hollarda disol, atsesol, trisol kabi suklujklar tomir orqali tomchilab quyiladi. Zarurat boʻlganida yurak-tomir sistemasi faoliyatini yaxshilaydigan dorilar yuboriladi. Oziq-ovqat tayyorlash korxonalari xizmatchilari ish jarayonida shaxsiy gi-giyenaga qatʼiy rioya qilishlari, emizikli onalar goʻdakni emizishdan ol-din qoʻli va koʻkragini sovunlab yuvi-shi kerak. Yoz kunlari goʻdaklar uchun ovqat faqat bir marta isteʼmol qilishga yetarli qilib tayyorlanishi lozim. Ovkatga ishlatiladigan idishlar avval yuvilib, so'ngra qaynatilishi, ustiga toza doka yopib qo'yilishi lozim. Ro'zg'orda ishlatiladigan tez buziladigan mahsulotlar sovutkichda saqlanishi shart. Oshpazlar sanepidstansiya xodimlari tomonidan belgilangan muddatlarda tibbiy ko'rik va labaratoriya tekshiruvidan o'tib turishlari kerak.

    Download 193,62 Kb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




    Download 193,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mineral moddalar va ularning organizmdagi ahamiyati

    Download 193,62 Kb.