• 62. Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi. Ingichka ichak
  • Qizilo'ngach va me'daning umumiy tuzilishi hamda ovqat hazm bo'lishidagi vazifalari




    Download 193,62 Kb.
    bet35/50
    Sana14.05.2024
    Hajmi193,62 Kb.
    #231277
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
    Bog'liq
    Ёш физ. назорат javoblari

    61. Qizilo'ngach va me'daning umumiy tuzilishi hamda ovqat hazm bo'lishidagi vazifalari
    Qiziloʻngach — odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining halqum bilan meʼda oʻrtasidagi qismi. Qushlarda Q. kengayib, jigʻildonni hosil qiladi. Odamda Q. orqa koʻks oraligʻida joylashgan 23—25 sm uzunlikdagi muskulli naychadan iborat boʻlib, koʻkrak qafasidan diafragma teshigi orqali qorin boʻshligʻiga oʻtadi va meʼdaga ulanadi. Q. devori shilliq, shilliq osti va muskul qavatlardan iborat. Shilliq qavati burmalarga yigʻilgan boʻlib, ovqat luqmasi oʻtayotganida tekislanadi. Q. tashqi tomondan biriktiruvchi toʻqima bilan qoplanganligi sababli ovqat luqmasi oʻtayotganida koʻndalang diametrini osonlikcha oʻzgartira oladi. Yutilgan ovqat luqmasi Q. peristaltikasi tufayli meʼdaga, keyin ovqat hazm qilish sistemasining hamma qismiga oʻtadi. Peristaltika — muskullarning tartib bilan qisqarishi ovqat hazm qilish sistemasining barcha qismida boʻladi. Yutinganda Q. mus-kullari reflektor qisqarishi tufay-li ovqat luqmasi yuqoridan pastga yoʻnaladi. Q.ning yalligʻlanishi ezo-fagit deyiladi. Bunga qaynoq va ach-chiq ovqatlar yeyish, kislota, ish-qorlar taʼsiri, shuningdek, turli dori hamda spirtli ichimliklarni surunkasiga isteʼmol qilish sabab boʻladi 
    62. Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi.
    Ingichka ichak - odam va umurtqali hayvonlar ichagining bir qismi; meʼda bilan yoʻgʻon ichak oraligʻida joylashgan. Ingichka ichak hazm yoʻlining eng uzun qismi; u meʼdaning oxirgi chiqish qismidan boshlanib, yoʻgʻon ichakning boshlangʻich qismigacha davom etadi; uz. 5–6 m. Ingichka ichak oʻn ikki barmoq ichak, och ichak va yonbosh ichakdan iborat. Oʻn ikki barmoq ichak Ingichka ichakning boshlangʻich qismi boʻlib, uz. 25—30 sm (taxminan 12 barmoq enicha), shakli taqaga oʻxshash. Oʻn ikki barmoq ichakdan och ichak boshlanib, Ingichka ichakning 2/5 qismini tashkil etadi. Och ichak yonbosh ichakka ulanib ketadi: u Ingichka ichakning 3/5 qismiga teng. Ingichka ichakdevorlari seroz, seroz osti, muskul, shilliq parda osti va shillik, pardadan iborat. Shilliq parda Ingichka ichakning eng ichki qavati boʻlib, burmalar hosil qilib joylashgan. Uning yuzasi juda koʻp vor-sinkalar bilan qoplangan; vorsinkalarda limfa va qon tomirlar hamda nervlar bor. Ingichka ichakning bu kavatida 4 mln. ga yaqin soʻrgʻichlar mavjud. Ovqat boʻtqasi meʼdadan oʻn ikki barmoq ichakka oʻtgach, meʼda osti bezi shirasi, jigardan ajralgan oʻt va ichak shiralari bilan aralashib shimilishga tayyor boʻladi va soʻrgʻichlar orqali qonga soʻriladi. Ingichka ichakning hamma qismida ichak shirasi ishlab chiqaradigan bezlar boʻlib, ular ovqat parchalanishida muhim rol oʻynaydi. Ingichka ichakning oʻn ikki barmoqichak qismi qorin devorining orqasida I— III bel umurtqalari qarshisida joylashgan. Unga asosiy hazm bezlarining yoʻllari, jigar va oʻt pufagining oʻt yoʻllari, meʼda osti bezining shira chiqarish yoʻli ochiladi. Och va yonbosh ichak boʻshligʻining markaziy qismini egallaydi va bir tilay qovuzloqlar hosil qiladi.

    Download 193,62 Kb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




    Download 193,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qizilo'ngach va me'daning umumiy tuzilishi hamda ovqat hazm bo'lishidagi vazifalari

    Download 193,62 Kb.