|
Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari
|
bet | 43/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari84. O‘pkalar va ularning vazifalari.
Oʻpka havo bilan nafas oluvchi hayvonlar (toʻrt oyoqlilar, baʼzi baliq va shilliqqurtlar)ning nafas olish organidir. Sutemizuvchilarda oʻpka ikkita boʻlib, koʻkrak qafasida, yurak atrofida joylashgan boʻladi. Oʻpkaning asosiy vazifasi havodan kislorod olib, qonga singdirish va qondan karbonat angidridni ajratib, tashqariga chiqarishdir. Bundan tashqari, oʻpka boshqa vazifalarni (masalan, yurakni zarbadan himoyalash, angiotenzin almashtirish va hk) ham bajaradi. Oʻpka — odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar va baʼzi baliqlarning havodan nafas olish aʼzosi. Oʻ. ayrim mollyuskalar (quruqlikda va chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqlilar), boʻgʻimoyoqlilar (chayonlar), baliqlar (ikki xil nafas oluvchilar, panjaqanotlilar, koʻpqanotlilar), quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar va odamda qon bilan nafas olingan havo oʻrtasida gaz almashinuvini amalga oshiradi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar Oʻ.si kataklarga boʻlingan, koʻp qanotlilarda — silliq devorli xaltachadan iborat. Quruqlikdagi umurtqalilar Oʻ.si qadimgi panjaqanotli baliqlar halqumi qorin qismi devorining boʻrtib chiqishi tufayli hosil boʻlgan. Suvda va quruqlikda yashovchilar Oʻ.si silliq devorli xaltasimon, devorida burmalari bor. Sudralib yuruvchilar Oʻ.si ham xaltasimon, lekin ichki qismi juda koʻp toʻsiq va burmali. Qushlar Oʻ.si gʻovak. Sut emizuvchilar Oʻ.sidagi bronxlarning shoxlangan uchki qismida juda mayda pufakchalar — alveolalar boʻladi; Oʻ. devorlari kapillyar qon tomirlari toʻri bilan qoplangan. Oʻ.ga havo nafas yoʻllari (boʻgʻiz, kekirdak, bronxlar) orqali oʻtadi.
Odamda Oʻ. bir juft boʻlib, koʻkrak qafasining ikki tomonida joylashgan. U yaltiroq yupqa parda — plevra bilan zich oʻralgan, shakli konusga oʻxshash; plevra boʻshligʻidagi ozgina suyuqlik nafas olganda Oʻ.ning erkin harakatini taʼminlaydi. Pastki yuzasi yoki asosi botiq boʻlib, koʻkrak boʻshligʻini qorin boʻshligʻidan ajratib turadigan toʻsiq — muskuldan iborat diaframaga taqalib turadi. Oʻ.ning uchi oʻmrov suyagi ustidan 2—3 sm koʻtarilib, boʻyinning pastki kismiga kirib boradi. Qovurgʻalarga takalgan yuzasi qavariq boʻladi. Ichki yuzasi botiq boʻlib, yurakka va koʻks oraligʻidagi boshqa aʼzolarga taqaladi; bosh bronx va Oʻ. arteriyasi shu yuzadan Oʻ.ga kirib, undan ikkita Oʻ. venasi chiqadi (Oʻ. darvozasi). Har bir Oʻ. plevra egatchalari bilan boʻlaklarga boʻlinadi; chap Oʻ. ikki (yuqori va pastki), oʻng Oʻ. esa uch (yuqori, oʻrta va pastki) boʻlakka ajralgan. Oʻ. boʻlaklari segmentlardan, boʻlakchalardan tashkil topgan (har bir Oʻ. 10 segmentdan iborat). Segment hajmi 0,5—1,0 sm, piramida shaklida tuzilgan segmentlar esa boʻlakchalardan tashkil topgan. Bu boʻlakchalar bir-biridan biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi. Boʻlakchalararo devorchalar nafas olishda boʻlakchalarning harakatchan boʻlishini taʼminlaydi.
|
| |