|
Nafas fiziologiyasini tavsiflab bering
|
bet | 44/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari85. Nafas fiziologiyasini tavsiflab bering.
86. O‘pkaning tiriklik sig'imi.
Nafas bronxiolasi va undan tarqalgan nafas naychasi, pufakchalari va alveolalar qoʻshilib, uzum shingili shaklidagi Oʻ.larning struktura va funksional bir’ligi — atsinus yoki alveolalar daraxtini tashkil etadi. 12—18 atsinus birgalikda Oʻ. boʻlakchasini, bir nechta boʻlakchalar qoʻshilib, Oʻ. segmentini hosil qiladi.
Alveolalarning juda yupqa devori yarim oʻtkazuvchi biologik membrana boʻlib, kapillyarlardagi qon bilan alveolalardagi havo oʻrtasida shu parda orqali gazlar almashinadi.
Oʻ. segmentlari oʻzaro qoʻshilib, Oʻ. boʻlagi va nihoyat, Oʻ. boʻlaklaridan Oʻ. hosil boʻladi. Oʻ.larda 800000 atsinuslar yoki 300—500 mln alveolalar uchraydi. Ularning sathi 30—100 m2boʻladi. Oʻ. bronxlari havo almashish jarayonidan tashqari, organizmda, suv, tuz va xlor miqdori bir meʼyorda saqlanishiga ham yordam beradi.
Katta odamlarda ikkala Oʻ.da oʻrtacha 4,9—5,0 l havo boʻladi. Ulardan tinch nafas olish vaqtida (har bir nafas olganda) faqat 500 ml havo Oʻ.larga kirsa, chuqur nafas olganda esa 1600 ml toza havo kirib, 1600 ml karbonat angidridga boy boʻlgan havo chiqadi. Shunday qilib, Oʻ.larda hayotiy havo sigʻimi oʻrtacha 3500— 3700 ml gacha boʻladi. Qolgan 1300— 1400 ml havo esa qoldiq havo boʻlib, oʻpkada doimo boʻladi. Oʻ.ga simpatik va parasimpatik nerv tolalari boradi. Oʻ. orqali suyuqlik va baʼzi gazsimon mahsulotlar ajraladi. Oʻ. gavda trasining muntazam bir meʼyorda turishi va qon ivishini tartibga solib, organizmda oqsil, yogʻ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Oʻ. havo orqali kiradigan bakteriyalardan organizmni himoya qiladi. Oʻ. kasalliklaridan zotshjam, oʻpka emfizemasi, sil va Oʻ. oʻsmasi koʻproq uchraydi.
87. Nafasning yoshga oid xususiyatlari.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning bronxlari tor, togaylari yumshoq, muskul va elastik tolalari ancha sust rivojlangan bo’ladi. Bronxlarni ko’plab turgan shillik parda qon bilan mo’l – qul ta’minlanadiyu, lekin bir muncha quruk to’radi. Bronxlarning o’sishi kichik maktab davrida sekin boradi va 13
yoshidan keyin ancha tezlashadi. Bronxlar mayda bronxlarga, o’ndan so’ng esa bronxiollarga
bo’linib, xar bir bronx bronx daraxtini hosil qiladi. Bronxiollalar tarmoqlanib, oxiridi o’pka hujayralari alviollalar bilan tugaydi.O’pka – ko’krak qafasining tegishli yarmida joylashgan bo’lib,
o’ng va chap o’pkadan iborat bo’ladi. 0020 ar bir o’pka konussimon bo’lib, o’stki qismi uchi, pastki kismi esa asosi deyiladi. Bolalarning yoshi o’rta boshlashi bilan o’pkaning
og’irligi va xajmi ortib boradi. Yangi tug’ilgan bolalarda ikki o’pkaning og’irligi 50 – 57 g, 1 – 2 yoshda 225 g., 5 – 6 yoshda 350 g., 9 – 10 yoshda 395 g., 15 – 16 yoshda 690 – 700 g., kattalarda esa 1000 g. bo’ladi. O’pka xajmi yangi tug’ilgan bolalarda 70 sm3 , 1 yoshda 270 sm3, 8 yoshda 640 sm3, 12
yoshda 680 sm3, katta odamlarda esa 1400 sm3 bo’ladi. O’pkaning o’sishi asosan alviolla hujayralarining ortib borishi hisobiga bo’ladi. Bu nafasi va gaz almashinuviga ta’sir qiladi. Alviollalar – devorlari yupqa bo’lishi va ularning qon kopilyarlar to’ri bilan o’ralib to’rishi qon gazlari bilan o’pka gazlari orasida almashinuv jarayonlari yuzaga chiqishida imkon beradi.Yangi tug’ilgan bolalarda alviollalarning soni katta odamlarnikiga qaraganda 3 marta kam bo’ladi. Alviollalarning intensiv o’sishi
ayniqsa bolaning 12 yoshidan boshlanadi. Bu esa o’pkaning
yuzasini ancha ortishiga sabab bo’ladi, chunki bolalarda
gaz almashinuvi intensiv kechib, bola tez o’sib rivojlanadi.
Yosh bolalarda organizmning kislorodga bo’lgan talabi juda
yuqoridir, chunki bolalarda energiya va moddalar almashinuvi
juda intensiv ravishda kechadi. Masalan: 1 kg. bola organizmi
kislorod bilan normal ta’minlanishi uchun ushkasidan 1 minutda
1400 – 1500 sm3 xavo o’tishi kerak. Katta odamning 1 kg. tirik
massasining kislorodga bo’lgan extiyojini qondirish uchun esa 300
– 400 sm 3 xavo o’tishi kerak. Bolalarning tinch holatida va
ayniqsa mushkul ishida kattalarga nisbatan tez – tez nafas oladi.
Agarda bolalar sistematik ravishda jismoniy mashq bilan,
ayniksa qayikda suzish, voleybol, yengil atletika, suzish sporti
bilan shugullansa, o’pkaning tiriklik sigimi ortadi. Bunga asosiy
sabab jismoniy mashqlanish jarayonida organizmni kislorodga
bo’lgan extiyoji ortadi, natijada o’pkaning nafasda ishtiroq
etadigan yuzasi ham asta sekin kattalashib boradi. Shu bilan
birga tomirlardan vaqt birligi ichida o’pkaga oqib keladigan
qon mikdori ham ko’payib boradi, bu esa bolalarda gazlar
uchun ancha qulay sharoitlarni yaratadi.
O’pka maxsus parda yoki plerva bilan qoplangan bo’ladi.
Plervaning bir ---- ko’krak nafasi bilan diafragmaning ichki
tomondan qoplab tursa, ikkinchi varag’i o’pkani o’rab turadi va
bu varaqlar o’pka oldi yonida bir – biri bilan bilinmay qo’shilib
ketadi. Yopik to’radigan varaklar orasida tirkishsimon bo’shlik
– plerva bo’shligi bo’ladi. Unda bir oz mikdorda suyuklik
bo’ladi, shu suyuklik varaklarni namlab turadi va bir – biriga
ishkalanishga yul quymaydi.
|
| |