• 80. Nafas olish va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Nafas , nafas olish
  • Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari




    Download 193,62 Kb.
    bet40/50
    Sana14.05.2024
    Hajmi193,62 Kb.
    #231277
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
    Bog'liq
    Ёш физ. назорат javoblari

    79. Ovqatlanish gigiyenasi.
    Ovqatlanish gigiyenasi - gigiyenaning bir tarmogʻi, sogʻlom odamning toʻfi va bekamu koʻst ovqatlanish muam-molarini oʻrganadigan fan. Uning mustaqil boʻlimi — diyetologiya bemorlar ovqatini oʻrganadi va parhez ovqatlar tarkibini ishlab chiqadi. Goʻdaklnk davridagi ovqatlanishni oʻrganish ham O.g.ning mustaqil boʻlimidir. O.g. odamning ovqatlanishini jins, yosh, kasb, mehnat harakteri, jismoniy zoʻriqish, iklim sharoiti, milliy va boshqa xususiyatlari, turli hududlardagi aholi ovqatining miqdori va sifat tomonlariga bogʻlab oʻrganadi va kishilarning meh-nat sharoitiga qarab oziq moddalarga ehtiyojini belgilab beradi.
    Ovqatlanish gigiyenasi korxonalarining jamoalari, maktablardagi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va boshqa muassasalarning bolalar jamoalari uchun ratsional ovqat ishlab chiqish, umumiy ovqatlanish va ovqat sanoati korxonalarida oziq-ovqat masalliklarini zararli moddalar qoʻshilishidan saqlashga doir taʼsirli sanitariya nazorati usullarini ishlab chiqish, ovqatdan boʻladigan toksikoin-feksiyalar va intoksikatsiyalarttg ol-dini olish tadbirlarini ishlab chiqish, ovqat sanoati, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash, qurish va ishga tushirishni profilaktik sanitariya nazoratiga olish, yangi sanoat tovarlarining vaqtincha texnika shartlari va davlat andozasiga mos ishlab chiqishda qatnashish O.g.ning amaliy vazifalaridir.
    O.g. oʻz tadqiqotlarida kimyo, mikrobiologiya, fiziologiya, stomatologiya, iklimshunoslik va boshqa fanlarning ilmiy maʼlumotlariga tayanadi.


    80. Nafas olish va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
    Nafasnafas olish (lotincha: respiratio) — organizmga kislorod kirib, undan karbonat angidrid (CO2) chiqib ketishi, shuningdek, hujayra va toʻqimalarda kislorod yordamida kechadigan organik moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida organizm hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan energiya ajralib chiqishidan iborat jarayonlar majmui.
    Bir hujayrali jonivorlar va tuban oʻsimliklar N. olishidagi gaz almashinuvi hujayralar sirti orqali, yuksak oʻsimliklarda butun tanadagi hujayralararo qobiq orqali diffuziya yoʻli bilan sodir boʻladi. Tuzilishining murakkablashishi va tana hajmining kattalashib borishi bilan N. olish vazifalarini oʻtovchi maxsus tuzilma yoki aʼzolar hamda qon aylanish sistemasi rivojlana boradi, bu sistemada O2 va CO2 ni bogʻlash va tashish xususiyatiga ega boʻlgan qon va limfa aylanib yuradi.
    Hasharotlarda havo naychalari — traxeyalar, baliqlarda — jabralar N. aʼzolari hisoblanadi. Quruqlik va suvda yashaydigan hayvonlar oʻpka bilan birga teri orqali ham nafas oladi. Umurtqali hayvonlar va odamda tashqi N. mahsus nafas aʼzolarida, toʻqima nafasi esa toʻqima va hujayralardagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida amalga oshadi.
    Baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilarda ogʻiz tubi muskullarining harakati tufayli jabra va oʻpkaga havo kiradi. Qushlar, sut emizuvchilar va odamda nerv sistemasini uygʻunlashtiradigan N. muskullari (asosan, diafragma va qovurgʻalararo muskullar)ning bir tekis qisqarishi tashqi N.ni taʼminlaydi. Bu muskullar qisqarganda koʻkrak qafasining hajmi kattalashib, oʻpka kengayadi, bunda atmosfera bosimi oʻpka ichidagi bosimdan farq qiladi va oʻpkaga havo kiradi (nafas olish — inspiratsiya). N. chiqarish (eskpiratsiya) passiv (nafas olish fazasida choʻzilgan koʻkrak qafasining puchayishi hisobiga) va faol (baʼzi muskullarning qisqarishi yoʻli bilan) amalga oshiriladi. Bir gal nafas olishda oʻpkaga kiradigan havo miqdori N. hajmi deb ataladi.



    Download 193,62 Kb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




    Download 193,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari

    Download 193,62 Kb.