|
Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari
|
bet | 48/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari101. Qonning tarkibi.
Qon tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Qonda 80-100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glyukoza va boshqa monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Qonga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.
Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi — shaklli elementlarga ajraladi (1-rasm). Shunday qilib, qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi qonning suyuq qismi, yaʼni qon plazmasi, ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, yaʼni shaklIi elementlaridir. Qon umumiy hajmining 55-60 % ini qon plazmasi va 40-45 % ini shaklli elementIar tashkil qiladi. Qonning oʻrtacha miqdori katta odamda 5 I boʻIib, u tana massasining oʻrtacha 7 % ini tashkil etadi. I kg tana massasiga oʻrtacha 70 ml qon toʻgʻri keladi. Bolalarda har I kg tana massasiga toʻgʻri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan koʻproq boʻladi (5O-100 ml).[1] Qon plazmasi. Qon plazmasi qonning suyuq qismi boʻIib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsiIJar, yogʻlar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, kmTIonat angidrid kabilar) boʻladi. Plazma tarkibida oʻrtacha 90-92 % suv, 7¬8 % oqsillar, 0,9 % tuzlar, 0,1 % glyukoza, 0,8 % yogʻlar boʻladi. Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, yaʼni pHi=7,4. Qon plazmasi tarkibida or¬ganizmning hayoti — oʻsishi va rivojlanishi uchun zamr barcha oziq moddalar boʻlib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga soʻriladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujay ralarga oʻtadi va oʻzlashtiriladi.
102. Qon plazmasi va uning tarkibi.
103. Eritrotsitlar va ularning organizmdagi ahamiyati
|
| |