|
Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari
|
bet | 45/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari88. Nafas olishning boshqarilishi.
89. Nafas olish gigiyenasi.
90. Sinf va o‘quv xonalarning shamollatilishini gigenik baholash.
91. Sinf xonasining havo tarkibi va mikroiqlim.
92. Ayirish organlari va ularning vazifalari.
Ayirishning ahamiyati. Ovqat tarkibidagi istе'mol qilingan oqsil, yog’, uglеvodlar, suv, tuzlar mе'da-ichaklardan qong’a so’rilib, jigarg’a boradi. Unda kеraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali tananing barcha to’qima va hujayralariga tarqaldadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonlar natijasida organizm uchun zararli moddalar(siydik kislotasi, qoldiq azot, mochеvina, krеatinin, karboiat angidrid kabilar) hosil bo’ladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga o’tib ayirish a`zolari orqali tashqariga chiqarilib yuboriladi.
Shunday qilib, ayirish odam organizmi uchun muhim fiziologik jarayon bo’lib, Uning natijasida organizm moddalar almashinuvida hosil bo’lgan qoldiq Moddalardan uzluksiz ravishda tozalanib turadi.
Ayirish a`zolari. Ayirish orgayalariga: buyraklar, tеr bеzlari, o’pkalar va ovqat hazm qilish orgayalari kiradv. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan gazsimon moddalar (karbonat angidrid) nafas olish a`zolari orqali tashqariga chiqariladi. Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik tarkibida ajratiladi. Ovqatning oshqozon-ichaklarda hazm bo’lmagan qismi nafas sifatida tashqariga chiqariladi. Siydik ayirish a`zolarining tuzilishi va funksiyasi.
93. Buyraklar va ularning mikroskopik tuzilishi.
Buyrak — (ren, grekchanephros) siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo’lib, katta odamda uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm. Og’irligi 120 -200 g. U to’q qizil rangli, yuzasi katta odamda silliq. Buyrakning oldingi yuzasi (facies anterior) qavariq, orqa yuzasi (facies posterior) yassiroq. Uning yuqori uchi (extremitas superior), pastki uchi (extremitas inferior), qavariq lateral qirrasi (margo lateralis), botiq medial qirrasi (margo medialis) tafovut qilinadi. Medial qirrasining o’rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi (hilus renalis) joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo’li, vena va limfa tomirlar chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo’shlig’iga (sinus renalis) o’tib ketadi. Buyrak bel sohasida umurtqa pog’onasining ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan. Buyraklarning yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, pastki uchlari uzoqroq turadi. Chap buyrak o’ngiga nisbatan yuqoriroq turadi. Chap buyrakni yuqori uchi XI ko’krak umurtqasini o’rtasida, pastki uchi III bel umurtqasining yuqorigi chekkasi sohasida turadi. O’ng buyrakning yuqori uchi XI ko’krak umurtqasining pastki chekkasi sohasida, pastki uchi esa III bel umurtqasining tanasini o’rtasi sohasida turadi. XII qovurg’a chap buyrakni orqa yuzasini o’rtasidan, o’ng buyrakni esa yuqori uchidan kesib o’tadi. Buyrakning orqa yuzasi pardalari bilan diafragmaga, belning kvadrat mushagi, qorinning ko’ndalang mushagi va katta bel mushagiga tegib turadi. Uning yuqori uchida buyrak usti bezi joylashgan. Buyrakning oldingi yuzasi qorinparda bilan qoplangan bo’lib, ichki a’zolarga tegib turadi. O’ng buyrakning oldingi yuzasini yuqori uchdan ikki qismiga jigar tegib tursa, pastki uchdan biriga o’ng yo’g’on ichak burilish burchagi tegib turadi. Uning medial chekkasiga o’n ikki barmoqli ichakning tushuvchi qismi tegib turadi. Chap buyrakni oldingi yuzasini yuqori uchdan biriga me’da, o’rta qismiga me’da osti bezi, pastki qismiga och ichak qovuzloqlari tegib turadi. Uning lateral chekkasi taloqqa va chap chambar ichak burilish burchagiga tegib turadi. Buyrakni kesib ko’rganimizda (92-rasm) u ikki xil moddadan: tashqi 0,4-0,7 sm qalinlikdagi po’stloq va 2-2,5 sm qalinlikdagi mag’iz moddadan iborat. Buyrakning po’stloq moddasi (cortex renalis) qizg’ish rangda. U buyrakni tashqi qavatini hosil qilib qolmay, mag’iz qismi orasiga botib kirib buyrak ustunlarini (columna renalis) hosil qiladi. Buyrakning po’stloq qismi bir-biri bilan almashadigan yorug’ va qoramtir qismlardan iborat. Yorug’ qismi konus shaklida bo’lib, mag’iz qismidan po’stloqqa o’tayotgan nur ko’rinishidagi nurli qismni (pars radiata) hosil qiluvchi buyrakning to’g’ri naychalari va yig’uvchi naychalarning boshlang’ich qismlaridan iborat. Qoramtir qismida esa buyrak tanachalari va buralma naychalar joylashib o’ralgan qism (pars convoluta) deb ataladi. Buyrakning mag’iz qismi (medulla renalis) 10-15 ta buyrak piramidalaridan (pyramides renalis) iborat. Har bir piramidaning asosi (basis pyramidalis) po’stloq moddaga qaragan, uchi buyrak so’rg’ichini (papilla renalis) hosil qilib, buyrak bo’shlig’iga qaragan. Piramida nefronni to’g’ri naychalari va yig’uvchi naychalardan iborat bo’lib, ular o’zaro qo’shilib buyrak so’rg’chi sohasida 15-20 ta qisqa so’rg’ich naychalarini (ductuli papillares) hosil qiladi. Ular buyrak so’rg’ichi sohasi yuzasiga so’rg’ichsimon teshiklar (foramina papillaria) bo’lib ochiladi. Bu teshiklar hisobiga buyrak so’rgichi uchi g’alvirsimon ko’rinishga ega bo’lib, g’alvirsimon maydoncha (area cribrosa) deyiladi. Buyrak tuzilishi va qon tomirlarining tarqalishiga qarab 2-3 ta buyrak bo’lagini o’z ichiga oladigan beshta: yuqorigi segment (segmentumsuperius), oldingi yuzaning yuqorigi segmenti (segmentum anterius superius), oldingi yuzaning pastki segmenti (segmentum anterius inferius), pastki segment (segmentum inferius) va orqa yuzadagi segmentlarga (segmentum posterius) bo’linadi. Buyrak bo’lagi (lobus renalis) buyrak ustunida mirabili)deb ataladi. Shumlyanskiy-Boumen kapsulasida hosil bo’lgan birlamchi siydik nefron naychalaridan o’tganida undagi suyuqlik naychalar devoridagi vena kapillyarlariga qayta so’riladi va qo’shuvchi naychada (1-2 litr) ikkilamchi siydik hosil bo’ladi. Buyrakning mag’iz moddasida ravoqsimon va no’laklararo arteriyalardan to’g’ri arteriolalar (arteriolae rectae) chiqib, buyrak piramidasini qon bilan ta]minlaydi. Po’stloq moddaning kapillyar to’ridan hosil bo’lgan venullalar o’zaro qo’shilib bo’lakchalararo venalarni (vv.interlobullares) hosil qiladi. Ularning qo’shilishidan hosil bo’lgan ravoqsimon venalar (vv.arcuatae) bo’laklararo venalarga (vv. interlabares) o’tib ketadi. Ular esa buyrak bo’shlig’da o’zaro qo’shilib, buyrak venasini hosil qiluychi yurik venalarga aylanadi. Obzor rentgenogrammada buyraksoyasining quyuqligi atrofdagi to’qimalarnikiga o’xshaydi, ammo uni o’ragan yog’ pardasi rentgenogrammada buyrak atrofida uning chegarasini aniqlovchi yorug’ hoshiyani hosil qiladi. Yosh bolada yog’ pardasi yupqa bo’lgani uchun ularda buyrakni aniqlash qiyinroq. Buyrakning medial chegarasi bel yonbosh mushagiga yaqin bo’lib, uning chekkasiga paralel yo’naladi va I bel umurtqasi ko’ndalang o’simtasi sohasiga biroz kiradi.
|
| |