|
O'zbekistonda yosh fiziologiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar
|
bet | 2/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari3. O'zbekistonda yosh fiziologiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar.
4. Mamlakatda aholi salomatligini yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar va
ularning ahamiyati.
5. O‘zbekistonda yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi.
6. Organizm va unga tashki muxitning ta'sirini tavsiflang.
7. O‘sish organizmining miqdori ko‘satkichi.
8. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
9. Akseleratsiya o'sish va rivojlanishning tezlashuvi.
Akseleratsiya tushunchasi. XIX asrning oxirgi choragi va XX asrning boshlarida ko'pgina mamlkatlarda bolalarning o'siwww.ziyouz.com kutubxonasi shi tezlashganligi kuzatilgan. Shu paytdan boshlab bolalarning jismoniy rivojlanishi haqidagi ma'lumotlar yig'ila boshlandi va 1936- yilda rivojlanishning tezlashishini xarakterlovchi murakkab kompleks hodisalarni Ye. Kox tomonidan akseleratsiya deb atash fanga kiritildi (lot. accelerare - tezlatish).
Akseleratsiya sabablari. Akseleratsiya sabablariga nisbatan hozirgacha umumiy ravishda qabul qilingan biror fikr shakllanmagan. Bolaning organizmi tinimsiz o'sadi va rivojlanadi. Ontogenez jarayonida maxsus anatomik va funksional xususiyatlar yuzaga keladi va ular yoshga oid yoki xos bo'lgan o'zgarishlar deb ataladi. Shunga mos holda, odamning hayot sikli davrlarga yoki bosqichlarga bo'linishi mumkin. Bu davrlar orasida aniq bir chegara yo'q va ular jiddiy darajada shartlidir. Ammo bu davrlarni qismlarga bo'lish zarur, chunki bir vaqtda, lekin turli biologik yosh bilan tug'ilgan bolalar sport va mehnat vuklamalariga turlicha reaksiya qiladi, bu paytda ularning ish qobiliyati yuqori yoki past bo'lishi mumkin, bu esa, o'z navbatida, maktabdagi o'quv-tarbiyaviy jarayonlarni, uni o'rab turgan atrof-muhitni tashkil qilishning amaliy muammolarini yechish uchun muhimdir. Pasportda ko'rsatilgan yoshdan farqli o'laroq, yoshlar orasidagi interval bir yilga teng bo'lganida, odamning biologik yoshi (yoki anatomo-fiziologik yosh) odam hayotining bir necha yilini qamrab oladi, ya’ni bu muddat ichida m a’lum biologik o ’zgarishlar yuz beradi. Yoshning davrlarga bo'lishda qanaqa va qaysi mezonlar asos qilib olinadi? Bu muammo bo'yicha bironta ham u yoki bu darajada kelishilgan fikr yo'q. Ayrim tadqiqotchilar davrlarga bo'lish uchun asos qilib jinsiy bezlarning yetilishini, to'qim a va a ’zolarning o'sish tezligini va tabaqalanishini olsalar, ayrimlari esa skeletni yetilish (suy aklar yoshi), ya’ni rentgenologik yo'l bilan skeletdagi suyaklanish nuqtalarini va suyaklarni harakatsiz birikishi boshlanishini aniqlashdan fbydalanisb yoki qo'llashni tavsiya qiladilar. Davrlarga bo'lislining mezoni sifatida markaziy asab tizimining rivojlanishini, jumladan, bosh miya po'stlog’ining rivojlanish darajasidan ham ko'rsatkich sifatida foydalanish mumkinligini ilgari suradilar. Rubner o'zining «yuzaning energetik qoidasi» nazariyasida mezon sifatida turli yosh davrlarida energetik jarayonlarning xususiyatlaridan foydalanishni tavsiya etdi. Ayrim hollarda yoshni www.ziyouz.com kutubxonasi davrlarga bo'lish uchun organizm bilan atrof-muhitning o'ziga xos o'zaro ta ;siridan mezon sifatida foydalaniladi. Hozirgi paytda keng tarqalgan yangi tug'ilgan. yasli-bog'cha. maktabgacha va maktab yoshlarini ajratilishi bilan yoshni davrlarga bo'linishi bolalardan haqiqiy yoshga oid xususiyatlarini emas balki bolalar tashkilotlaridagi mavjud bo'lgan tizimlar faoliyatini aks ettiradi. Yoshga oid va pedagogik psixologiyada. asosan, pedagogik mezonlarga asoslangan davrlashlardan foydalaniladi. Maktabgacha yoshdagi davrlar bolalar bog'chasidagi guruhlarga mos holda bo'linadilar. Maktab yoshi 3 ta bosqichga bo'linadi: kichik (1- sinfdan 3-4 sinflargacha). o'rta (4-5- sinfdan 7-8- sinflargacha) va katta (8- sinfdan 9- sinflargacha).
|
| |