|
Oliy nerv faoliyati haqida umumiy tushuncha
|
bet | 9/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari20. Oliy nerv faoliyati haqida umumiy tushuncha.
Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy boʻlimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. Oliy nerv faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatif. ni "psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyatif. elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatif. toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U "Bosh miya reflekslari" degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hay-vonlar Oliy nerv faoliyatif. asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni, asosan, poʻstloq osti nerv qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi roli shundaki, mazkur reflekslar asosida hamma shartli reflekslar hosil boʻlibgina qolmay, balki shartli va shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi ahami-yati hayvonot olamining tarixiy ri-vojlanish jarayonida oʻzgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyatif., asosan, hayvonlar bilan odamda umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar yigindisidan iborat.
21. Birinchi va ikkinchi signal sistemasi.
Birinchi signal sistemasi — tashqi va ichki muhit taʼsirotlari (yorugʻlik, tovush va h. k.) odam hamda hayvonlarning reseptorlarta taʼsir etganda, bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻida hosil boʻladigan nerv jarayonlari majmui. Birinchi signal sistemasi s. voqelikni sezgi va tuygʻular shaklida bevosita aks ettiradigan asosdir. Birinchi signal sistemasi s. terminini I. P. Pavlovjoriy etgan (1932). Uning taʼkidlashicha, hayvonlar koʻruv, eshituv va boshqa reseptorlarga taʼsir qiladigan taʼsirotlar tufayligina voqelikni sezib turadi. Odamda bevosita taʼsirotlarni idrok etadigan birinchi signal sistemasi va nutqni idrok etadigan ikkinchi signal sistemasi bor; bu ikkala signal sistemasi sifat jihatidan turlicha bulsada, bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan, bir butun holda (oliy nerv faoliyati qonuniyatlari asosida) ishlaydi.
|
| |