|
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra nerv sistemasi turlari va ularning vazifalari
|
bet | 5/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari15. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra nerv sistemasi turlari va ularning vazifalari.
Nerv. Ustidan biriktiruvchi to'qimali po'stloq bilan qoplangan nerv tolalarining vig'indisi nerv deb ataladi. Agarda nerv tolalarining tarkibida markaziy asab tizimidan innervatsiya qilinadigan organik qo’zg'alishni o'tkazuvchi nerv tolalari yig'ilgan bo'lsa, bunday nervlar markazdan qochuvchi yoki efferent tolalar deb ataladi. Yana sezuvchi nervtolalaridan iborat bo'lgan nervlar ham bo'lib, ular bo'ylab qo'zg’alish markaziy asab tizimiga qarab tarqaladi. Bunday nervlar markazga intiluvchi yoki afferent nervlar deb ataladi. Ko'pchilik nervlar aralash nervlar bo'lib, ularning tarkibiga ham markazga intiluvchi ham markazdan qochuvchi nervlar kiradi. Ta’sirlanuvchanlik. Ta’sirlanuvchanlik deb ta’sirotchilar ta’sirida tirik tizimlarning fiziologik tinchlik holatidan faoliyat holatiga o'tishiga aytiladi. Bu paytda u yoki bu ish bajariladi, harakat yuz beradi, turli kimyoviy moddalar va birikmalar hosil bo'ladi. Ta'sirotchilar tabiatiga ko'ra fizik (harorat, bosim, yorug'lik, tovush) fizik-kimyoviy (osmotik bosimni muhitni faol reaksiyasini elektrolit tarkibini, kolloidli holatni) o'zgarishi va kimyoviy (kimyoviy moddalar, oziqa, moddalar almashinuvi ni mahsulotlari va h. k.) ta’sirotchilarga farqlanadi. Hujayralaming tabiiy qo'zg'atuvchilari bo'lib, ularning faoliyatini chaqiruvchi nerv impulslari hisoblanadi. Qo‘zg‘aluvchanlik. Nerv hujayralari va muskul to'qimalari qo'zg'atuvchilar ta’siriga tezlikda reaksiya qilish bilan moslashadi. Bu to'qimalarning hujayralari qo'zg'aluvchan deb atalsa, ularning ta’sirotga qo'zg'alish bilan javob berishi qo‘zg ‘aIuvchanlik deyiladi. Qo'zg'aluvchanlikning oicham i boiib. ta’sir pog'onasi hisoblanadi, va'ni qo'zg'alish chaqira oladigan ta'sirotchining eng kam (minimal) kuchi tushuniladi. Q o'zg'alish hujayraning bir joydan ikkinchi joyga bir hujavradan boshqasiga o'tishi bilan tarqalish xususiyatiga ega. www.ziyouz.com kutubxonasi Odatda, qo'zg'alish qator kimyoviy fizikaviv; fiziko-kimyoviy funksional va elektrik hodisalar bilan xarakaterlanadi. Qo'zgalishning eng asosiy belgilaridan biri boiib. hujayra membranasi yuzasining elektr holatlarining o'zgarishi hisoblanadi. Aynan elektr hodisalar qo'zg'aluvchan to'qimalardan qo'zg'alishning o'tishini ta'm inlaydi. Bioelektrik hodisalar. Q o'zg’alishni yuzaga kelishi va uning tarqalishi bioelektr hodisalar deb ataluvchi tirik to'qimalardagi elektr zaryadlarining o'zgarishiga bog'liq bo'ladi. Hujayraning tashqi yuzasi bilan uning sitoplazmasi orasida, ya'ni hujayra membranasining har ikki tomonida tinchlik holatida potensiallar farqi hosil boiadi (60-90 mV yaqin). hujayra yuzasi sitoplazmaga nisbatan musbat zaryadlangan bo'ladi. Potensiallarning bu farqni tinchlik potensiali yoki membranalar potensiali deyiladi. Membranalar potensialining olcham i turli to'qimalarning hujay ralari uchun turlichadir. U qancha katta bo'lsa. hujayraning funksional ixtisoslashuvi shuncha yuqori bo'ladi. U nerv va muskul to'qimalarning hujayralari uchun - 80 = 90 mV ni. epitelial to'qim alar uchun - 18-20 mV ni tashkil etadi. Potensiallarning bunday farqining hosil boiishiga hujayra membranasining tanlab o'tkazuvchanlik xususiyati sabab bo'ladi. Shuning hisobiga hujayra ichidagi sitoplazmada kaliy ionlari 30- 50 barobar ko‘p bolsa. natriy ionlari 8-10 martaga va xlor ionlari 80 martaga hujayra yuzasidagidan kam bo'ladi. Tinchlik holatida hujayra membranasi kaliy ionlari uchun natriy ionlariga nisbatan juda oikazuvchan bo'ladi va kaliy ionlari membranadagi teshikchalar orqali uning yuzasiga chiqadi. Musbat zaryadlangan kaliy ionlarining sitoplazmadan hujayra yuzasiga diffuziyalanishi membrananing tashqi yuzasiga musbat zaryadlarning o'tishiga sabab bo'ladi. Shunday qilib. tinchlik paytida hujayraning yuzasi o'zida musbat zaryadlarni olib yursa. membrananing ichki yuzasi amalda membrana orqali o'tmavdigan xlor ionlari. aminokislotalar va boshqa organik ionlar hisobiga manfiy zaryadlanib qoladi.
|
| |