|
Darsga qo‘yiladigan gigiyenik talablar
|
bet | 14/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari28. Darsga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
O'quv mashg'ulotlari maktab o'quvchilarining oldiga qator ancha murakkab (o'qishning boshlang'ich davrlarida) talabiar qo'ymoqda. Shu munosabat bilan o'quv muddati bolalarning yoshi. imkoniyatlariga mos keladigan bo'lishi zarur. Kichik yoshdagi bolalarning ish qobiliyati darslar boshlangan vaqtdan hisoblaganda 1,5 soatlardan keyin, o'rta va katta maktab yoshidagilarda esa 2-3 soatdan so‘ng pasaya boshlaydi. ayniqsa. 6- soatga kelib keskin pasayib ketadi. Shu munosabat bilan darslarning qancha davom etishi o'quv jarayonini gigiyenik jihatdan tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Uzoq va yaqin xorijiv mamlakatlarda. shu jumladan, bizning mamlakatimizda o'qitish yuzasidan to'plangan ko'p yillik tajriba 45 daqiqali darsni eng qulay muddat deb e'tirof etadi. Biroq. dars to 'g ’ri tashldl etilgan taqdirdagina bu muddat samarali natija berishi mumkin. Fiziolog va gigiyenistlarning fikricha. birinchi sinf o'quvchilari uchun dars 35 daqiqadan oshmasligi kerak. Endigina maktabga qadam qo'ygan bolalarda maktabgacha davrda paydo bo'lgan va odat tusiga kirgan stereotip buziladi va bola o'ziga notanish bo'lgan maktab sharoitiga moslasha boshlaydi. Shu yoshdawww.ziyouz.com kutubxonasi gi bolalarning asab jarayonlari me'y or id an ortiq tez o'zgaruvchan b oiib, qo'zg'alish tormozlanishga nisbatan ustun turadi. Bu esa ko‘pincha o'quv mashg'ulotlarining yuklamasi ortiqcha bo'lishi natijasida ularning tezda charchab qolishga olib keladi. Boshlangich sinf o'quvchisining diqqati uzoq vaqtga bardosh bera olmaydi, dars oxirigacha bola partada tinch o'tira olmaydi, charchash boshlanishi bilan harakatlanib diqqati bo'linadi. O'tirgan holatda dars tinglash o'quvchi uchun katta statik ish hisoblanib, 45 daqiqa davomida tanani m a’lum holatda ushlab turish, ayniqsa, birinchi sinf o'quvchisiga juda og'irlik qiladi, u tezda charchab bezovtalanib, harakat qila boshlaydi. Maktab ta'limini gigiyenik jihatdan tashkil etishda darslarning soni katta ahamiyatga ega. Amaldagi o'quv rejasiga muvofiq 1-3- sinflarda kuniga 4 tadan, 4- sinfda 4-5 tadan, 5-9- sinflarda kuniga 5-6 tadan, 10-11- sinflarda 6 tadan, litseylarda 6-7 tadan dars o'tish ko'zda tutiladi. Taiim ni to 'g ’ri tashkil etish uchun kun va hafta davomida darslarni taqsimlash. boshqacha aytganda, dars jadvalini to 'g ’ri tuzish juda muhim ahamiyatga ega.
|
| |