|
Teri, hid bilish va ta’m bilish organlarining umumiy tuzilishi
|
bet | 16/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari32. Teri, hid bilish va ta’m bilish organlarining umumiy tuzilishi.
Teri — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirdan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi. Katta yoshdagi odamda T. satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4;mm ga yetadi. T. butun badanni qoplab, ogʻiz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylanadi. T. oʻziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining koʻpozligiga qarab belgilanadi. T. ning rangi tashqi va ichki omillar taʼsirida oʻzgarib turishi mumkin. T. yuzasi, odatda, notekiye, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar boʻlib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular, ayniqsa, yaqqol koʻrinib turadi. Barmoqlarning kaft yuzalarida teri egatchalari konsentrik aylana shaklida joylashgan. Bu shakllar xar bir shaxsda oʻziga xos naqshni hosil qiladi. Shaxsni aniklashda (daktiloskopiya), odatda, shu naqshlar izidan foydalaniladi.
Hid bilish — odam va hayvonlar burun boʻshligʻining yuqori qismida joylashgan maxsus sezgi aʼzolari (hid bilish retseptorlari) orqali hidlarni sezish. Hayvonlarda Hid bilish ovqat qidirish, yoʻl topish, aniq joyni belgilash, qaramaqarshi jinsni izlash, shuningdek, bilish vositalaridan biri hisoblanadi va h.k. Odamlarda Hid bilishning ahamiyati hayvonlardagiga qaraganda kamroq, biroq Hid bilishning yoʻqolishi odam uchun azob hisoblanadi (qattiq tumov boʻlganda ovqatning qanchalik bemaza tuyilishini eslab koʻraylik). Hid bilmaydigan odamlar koʻpincha ovqatdan zaharlanishi mumkin, chunki biror ovqatning sifatliligini hididan bila olmaydi. Har bir odamda koʻpgina hissiyotlar hidni sezishga bogʻliq boʻladi. Yomon hid kayfiyatni buzishi, yaxshisi koʻtarishi mumkin.
|
| |