|
Asab kasalliklari va uning sabablari
|
bet | 12/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari25. Asab kasalliklari va uning sabablari
Asab kasalliklari keng tarqalgan kasalliklar sirasiga kiradi va turli-tuman klinik belgilar bilan namoyon boʻladi.
Nevrologiya faniga bundan ming yil ilgari Abu Ali ibn Sino asos solgan boʻlib, faqat XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotidan nevrologiya
fani boʻlib ajralib chiqqan.
Hozirgi zamon asab tizimi tasnifi Ibn Sino yaratgan tasnifdan katta farq qilmaydi. Ibn Sino kasalliklarni oʻtkir va surunkali, yengil yoki ogʻir, davolanadigan va davolanmaydigan
kasalliklarga boʻladi. Kasallikni 4 ta: boshlangʻich, zoʻrayish, oʻta zoʻrayish va susayish davrlarga ajratadi. Ichki a’zolar kasalliklari natijasida asab
tizimining buzilishlarini ifodalab bergan. Ibn Sino bemorlarni davolashda psixoterapiyaga katta e’tibor bergan. Uning fikricha, yaxshi soʻz, mehribon
doʻst va sevimli odamlarning yaqinligi, sayru sayohatlar, ov, musiqa kabi kayfiyatni yaxshilovchi omillar inson ruhini koʻtarib salomatligini mustahkamlaydi. Bundan tashqari, kasallik turlarini oʻrganishda Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Bakr ar-Roziy va boshqa olimlar olib borgan ishlar ham maqtovga sazovordir. Insonning asabi nozik, lekin qudrati zoʻr. Kishi asabi qanchalik zoʻriqsa, kasallikka shunchalik tez chalinadi va dard ancha ogʻir oʻtadi. Odamning asabi qanchalik yaxshi boʻlsa, kuch-quvvati ham yaxshi boʻladi. Agar odamning asabi tinch va oʻzi xotirjam boʻlsa, kasallikdan yiroq yuradi. Bunday odam dardga uchraganda ham tez va asoratsiz sogʻayadi, deb yozgan edi Abu Bakr ar-Roziy.
26. Uyqu, uning turlari va uyqu gigiyenasi.
Uyqu — odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat. Bunda fiziologik jarayonlar bir qadar sekinlashadi va organizmning, chunonchi, markaziy nerv sistemasining ish qobiliyati tiklanishi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratiladi. U. har bir insonning zarur hayotiy ehtiyojidir. Inson butun hayotining uchdan biri har kechakunduzda davriy kuzatiladigan U. holatida oʻtadi. U. vaqtida muskullar tonusi susayadi (uyqudagi odamning koʻp muskullari boʻshashgan boʻladi), sezuvchanlikning barcha turlari — koʻrish, eshitish, taʼm bilish, hid sezish, teri sezuvchanligi keskin susayadi. Shartsiz va shartli reflekslar tormozlanadi. Qattiq U.da nafas uygʻoqlikdagiga nisbatan ancha chuqur, yurak urishi sekin, arterial qon bosimi, toʻqimalarga qon kelishi, moddalar almashinuvi, gavda temperaturasi past boʻladi. Bularning barchasi U. holatida miya bilan bir qatorda hujayralar va toʻqimalar hayot faoliyatini taʼminlovchi hamma ichki aʼzolarning ham "dam" olishidan dalolat beradi.
Ammo U. hakidagi zamonaviy tasavvurlarga koʻra, U. faqat dam olish emas, balki kun boʻyi olingan turli axborotni qayta ishlash va ertasi kun yana qabul qilish qobiliyatiga erishish uchun qaratilgan jarayondir.
Odam astasekin uxlaganda nafas olish va yurak ritmi pasayadi, koʻz sekin yumula boshlaydi. Tez uxlab qolganda esa bu harakatlar, odatda, tezlashadi.
|
| |