• 14. Nerv tizimi va uning kismlarini tavsiflang
  • Nerv sistemasi va uning funktsiyasi




    Download 193,62 Kb.
    bet4/50
    Sana14.05.2024
    Hajmi193,62 Kb.
    #231277
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    Ёш физ. назорат javoblari

    13. Nerv sistemasi va uning funktsiyasi.
    Asab tizimining ahamiyati. Asab tizimi ayrim a'zolar va a'zolar tizimlari orasidagi o'zaro aloqani bogMash yo'li bilan organizmdagi bajarilayotgan funksivalarni yaxlitligini ta'minlaydi. U turli a'zolar faoliyatini boshqaradi va koordinatsiyalaydi. butun organizm faoliyatini yaxlit tizim singari tashqi va ichki muhitni o'zgaruvchan sharoitiga moslaydi. Asab tizimi yordamida tashqi atrof-muhitdan va ichki a'zolardan turli-tuman qo'zg'atuvchilarni qabul qilish va uning tahlilini bajaradi hamda ushbu qo'zg'alishlarga javob reaksiyasini qaytaradi. Organizm funksiyalarining asabli boshqarilish mexanizmlari gumoralli boshqarilishga nisbatan ancha takomillashgan hisoblanadi. Bu esa quyidagicha ta'minlanadi: birinchidan, qo'zg'alish asab tizimi bo'ylab juda tez tarqaladi (sekundiga 100-120 m gacha) ikkinchidan, nerv impulslari aniq a'zolarga keladi va shuning uchun ham asab tizimi orqali bajariladigan javob reaksiyalari funksiyalarni gumoralli boshqarilishiga nisbatan faqatgina juda tez yetib bormasdan balki juda aniq ham bajariladi. 'simtalari nerv tolalari deb ataladi. Nerv tolasining markazidan nerv hujayrasi tanasidan biroz masofadan miyelin po'stlog'i bilan qoplangan turuvchi (50-100 mk) silindr o'qi o'tadi va bunday nerv tolasi mag'izli yoki miyelinlashgan nerv tolasi deb yuritiladi. Miyelin yengil sarg'ish rangga ega bo'lganligi sababli. mag'izli tolalar yorug'roq ko'rinadi. M ag'izsiz nerv tolalari miyelin po'stlog'iga ega emas, ammo ular bir-biridan faqat yupqa aniq tuzilishga ega bo'lm agan endotelial po'stloq bilan izolatsiyalangan bo'ladi (Shvann). M ag'izsiz nerv tolalari ingichka va. odatda. vegetativ asab tizimining nervlarida uchraydi. Miyelinli po'stloq mag'izli nervlarda m a’lum, aniq uzunliklarda uzilishlar hosil qiladi va silindr o'qini usti ochiq qoladi. Buni Ranvye uzilishlari deyiladi.
    14. Nerv tizimi va uning kismlarini tavsiflang
    Asab tizimining umumiy tuziiish rejasi. Asab tizimi funksional holati va tuzilishiga qarab periferik va markaziy asab tizimlariga farqlanadi. Markaziy asab tizimi bosh va orqa miyalardan tashkil topgan. Bosh miya, miya qutisi ichida joylashgan bo'lsa, orqa miya esa umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan. Bosh va orqa miyalar ko'ndalangiga kesilganda ancha qoramtir rang ko'k moddasi va ancha yorug' oqimtir rang - oq moddalari ko'rinib turadi. K o‘k moddasi nerv hujayralarining tanalari bilan hosil boigan bo Isa, oq moddasi miyelin po'stlog'i bilan qoplangan nerv tolalarining yig'ilishidan hosil bo'ladi. Asab tizimining periferik qismi bosh va orqa miyadan tashqariga chiqib gavdaning turli a'zolariga yo'nalgan nerv tolalari bog'idan iborat bo'ladi. Ularga nerv tugunlari yoki gangliyalar bosh va orqa miyadan tashqaridagi nerv hujayralarining boglari ham kiradi. Asab tizimi yaxlit holatda faoliyat ko'rsatadigan neyronlar - asab tizimining funksional va tuziiish birligi hisoblanadi. Neyron - u murakkab tuzilishga ega yuqori darajada tabaqalashgan asab hujayrasi bo iib , qo'zg'alishni qabul qiladi, qayta ishlab ularni gavdaning turli a’zolariga o'tkazadi. Neyronlar funksiyasining murakkabligi uning tuziiish xususiyatlari bilan ta'minlanadi. Unda tana, bitta uzun kam tarmoqlanuvchi o'sim ta akson va bir necha katta tarmoqlanuvchi o'simtalar - deadritlarga farqlanadi. Akson o'zining bir necha santimetrdan 1-1,5 m gacha boigan uzunligi bilan ajralib turadi. Aksonning oxirgi uchi katta miqdordagi o'simtalarga shoxlanadi va qaysiki bitta akson yuzlab hujayralar bilan bog'lanishi mumkin. Dendritlar - kalta, kuchli shoxlanuvchi o'simtalardir. Bitta hujayrada 1 dan 1000 tagacha dendritlar mavjud. Asab tizimining turli qismlarida neyronlarning tanasi turli olcham larda boiadi (uning diametri 4 dan 130 mk gacha) va shakli ham har xil (vulduzsimon, doirasimon. ko'pburchakli) boiishi mumkin.

    Download 193,62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 193,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nerv sistemasi va uning funktsiyasi

    Download 193,62 Kb.