• 99. Kiyim va poyabzalga qo‘yiladigan gigenik talablar.
  • 100. Qon va uning ahamiyati. Qon
  • Buyraklar funktsiyasining boshqarilishi




    Download 193,62 Kb.
    bet47/50
    Sana14.05.2024
    Hajmi193,62 Kb.
    #231277
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
    Bog'liq
    Ёш физ. назорат javoblari

    96. Buyraklar funktsiyasining boshqarilishi.
    97. Siydik ayirishning yoshga oid xususiyatlari.


    98. Siydik ayirish a'zolar gigiyenasi.
    Siydik ajratish, siyish, diurez— qovuq toʻlganda vaqtvaqti bilan uni boʻshatib turishdan iborat murakkab fiziologik jarayon; qovuq muskulining qisqarishi va sfinkterining boʻshashi tufayli roʻy beradi. Qovuq toʻlganda mexanoretseptorlar taʼsirotni nerv impulyelari orqali markaziy nerv sistemasiga yetkazadi va shu onda kishini siygisi qistaydi. Siydik ajratishni boshqarish markazi orqa miyaning beldumgʻaza qismida joylashgan.[1
    99. Kiyim va poyabzalga qo‘yiladigan gigenik talablar.
    Kiyimbosh va poyafzallarga qo`yiladigan gigienik talablar. Kiyimbosh va poyabzallarning asosiy vazifasi insonni tashqi muxitningzararli ta’surotlaridan ximoya qilishni o`z ichiga oladi. Kiyimbosh va poyafzal organizmning issiqlik muvozanatini saqlashga yordam beradi, obxavoning noqulay faktorlaridan, kirlanishdan va mexanik shikastlanishlardan ximoya qiladi.
    Xavoning temperaturasi pasayganda, shmol va nam klimda kiyim sovqotish va muzlashdan ximoya qilib, organizmning issiqlik ajratishini kamaytiradi. YUqori temperaturada mos kiyim issiqlik ajratishga ko`maklashadi va issiqlab qolishdan ximoya qiladi.
    Atrofdagi shart-sharoitga, mexnat faoliyatining xarakteriga va maxsus xizmatlarga moslab uyda, uy yumushlarida va tashqarida, korxonalarda, armiyada, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida, sportda va boshqalarda kiyiladigan turli xil kiyimbosh va poyafzallar tayyorlanadi. Qator xususiyatlariga qaramay ular umumiy gigiena talablariga javob berishi shart. Ular organizmni ob-xavo va iqlim o`zgarishiga moslashtirishi, tinch hamda xarakat faoliyati paytida organ va sistemalar funktsiyasi uchun mos sharoitni saqlashi kerak.


    100. Qon va uning ahamiyati.
    Qon — odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemoglobin qonga qizil rang beradi. Qonning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Qon organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Qon aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Qonda antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega.
    Odamlarda 5,2 l cha qon boʻladi. Qon suyuq qism — plazma (55—60 %) va shaklli elementlar (40—45 %) dan tashkil topgan. Qonning shaklli elementlari qon yaratish aʼzolarida ishlanadi; Qon va qon yaratish aʼzolari — Qon yaratish sistemasini tashkil etadi.



    Download 193,62 Kb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




    Download 193,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyraklar funktsiyasining boshqarilishi

    Download 193,62 Kb.