Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari




Download 193,62 Kb.
bet34/50
Sana14.05.2024
Hajmi193,62 Kb.
#231277
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
Ёш физ. назорат javoblari

59. Ovqatning og‘izda hazm bo‘lishi
60. Tishlar va ularning o'ziga xos tuzilishi
Tish — odam va koʻpchilik jagʻogʻizli umurtqali hayvonlar ogʻiz boʻshligʻi (baʼzi balikdar halqumi)dagi suyak tuzilma; ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, baʼzi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Embrional rivojlanish davrida Tish epitelial burmalar — tish plastinkalaridan hosil boʻladi. Homiladorlikning 5haftasidayoq homilada Tish shakllana boshlaydi.
Tishlar ketma-ket joylashib, tish yoyi yoki qatorini hosil qiladi. Katta yoshdagi kishilarda har bir tish qatorida shakli va ildizlar soni bilan bir-biridan farq qiladigan 16 ta Tish: 4 ta kesuvchi, 2 ta qoziq, 4 ta kichik jagʻ va 6 ta katta jagʻ Tish joylashgan. Yuqori va pastki Tish qatorlari maʼlum munosabatda jipslashadi. Odatda, sut va doimiy Tishlar boʻladi. Sut Tishlar doimiy Tishlar shakliga oʻxshash, lekin kichik va ildizi birmuncha kaltaroq; ular emizikli yoshda yorib chiqadi va doimiy Tishlar bilan almashguncha, yaʼni 12— 13 yoshgacha turadi. Bolalar Tishining shakllanishida ayolning homiladorlik davrida sifatli ovqatlanishi va bolalarni toʻgʻri ovqatlantirish (qarang Goʻdak) muhim ahamiyatga ega.
Tish tuzilishi. Tish koronka, boʻyin va ildizdan iborat; koronka va ildizni Tish boʻyni chegaralab turadi. Tish boʻyni toraygan boʻlib, uning atrofidagi shilliq qavat milk bilan oʻrab olingan. Koronka va ildiz ichida Tish boʻshligʻi hamda ildiz kanallari bor. Kanal ildiz oxirida teshik orqali Tish boʻshligʻiga ochiladi, bu teshik orqali Tish boʻshligʻiga qon tomirlari va nerv tolalari oʻtadi. Tishning asosiy qismini dentin tashkil etadi. Koronka kismi emal, ildizi suyak toʻqima (sement) bilan qoplangan. Tish ildizi va suyak katakchasi orasida uni ushlab turuvchi boylamlar (paylar) bor; ularni ildiz qobigʻi yoki periodont deyiladi. Periodontdan Tish boʻshligʻiga Tishni oziqlantiruvchi tomirlar va nervlar kiradi. Tish ichidagi boʻshliqsa Tish eti yoki pulpa bilan toʻlgan ildiz kanali bor. Pulpa gʻovak biriktiruvchi toʻqima, tomirlar, nervlar va har xil hujayralardan tuzilgan; pulpada Tish dagi qattiq toʻqimalarning moddalar almashinuviga yordam beradigan hujayralar — odontoblastlar bor; ulardan kanalchalar orqali dentin ichiga kirib boruvchi shoxchalar (tarmokchalar) chiqadi.
Tish kurtagida birinchi dentin, keyin emal hosil boʻladi. Avval ular, asosan, organik moddalardan iborat oʻziga xos toʻqimadan tuzilgan boʻlib, keyinchalik homiladorlikning 5oyi oxiriga kelib, bu oraliq moddalarga mineral moddalar, asosan, kaltsiy tuzlari singiy boshlaydi. Mineral tuzlar kristall holida oʻtirib, emal va dentinga qattiqlik beradi. Sut hamda doimiy Tishlarning dentin va emaldan tuzilgan koronkasi Tish chiqishidan oldinoq shakllanib boʻlgan boʻladi. Emal juda qattiq boʻlib, tarkibida 96% gacha, dentinda esa 72% cha anorganik (mineral) moddalar bor.
Tish chiqishi maʼlum muddat va tartib asosida boʻladi. Bolalarda birinchi boʻlib pastki, keyin yuqori kesuvchi Tishlar chiqadi (6—8 oygacha); bola 8—12 oyligida avval pastki yon, keyin yuqorigi yon kesuvchi Tishlar chiqadi. Soʻngra tartib bilan birinchi jagʻ (12— 16 oy), qoziq (16—20 oy) va ikkinchi jagʻ Tish (20—30 oy) chiqadi. Sogʻlom bolalarda bu muddat bir oz ilgariroq yoki kechroq kechishi mumkin. Koʻpincha bola 2 yasharligida 20 ta sut Tish chiqib boʻladi. Tish chiqishi fiziologik jarayon boʻlib, odatda, ogʻriq bilan kechadi; bu davrda bola isitmalashi, milki yalligʻlanib, qichishishi mumkin; u bezovta boʻla boshlaydi va qattiq narsalar (qoshiq, suyakdan qilingan va boshqalar)ni milkiga ishqalagisi keladi; soʻlak bezlarining faoliyati tezlashganligi tufayli koʻp soʻlak ajrala boshlaydi, bolada betoblik alomatlari paydo boʻlsa, darhol vrachga koʻrsatish zarur.
Doimiy Tlar 5—6 yoshdan chiqa boshlaydi; dastlab birinchi katta jagʻ Tish (sut jagʻ Tishlar orqasidan) chiqadi. 6—8 yoshda markaziy kesuvchi Tish (oldin pastki, keyin kjrrigi); 9—10 yoshda yon kesuvchi Tishlar, 12—14 yoshda qoziq va kichik jagʻ Tish sut Tishlar oʻrniga almashinib chiqadi. Ikkinchi katta jag Tish 14 yoshda, akd Tish esa, odatda, 16 dan 25 yoshgacha chiqadi. Doimiy Tishlar chiqishidan oldin sut Tishlar ildizi soʻrila boshlaydi; bu chiqib kelayotgan doimiy Tishlar koronkasi tegib turgan yerdan boshlanadi.



Download 193,62 Kb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Download 193,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazorat savollari yosh fiziologiyasi predmeti va uning o‘rganish obe’ktlari

Download 193,62 Kb.